#Sana
Ertaga Butunjahon ona suti bilan oziqlantirish haftaligi boshlanadi
2018-yilda Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi ushbu haftalikni sog‘liqni saqlash sohasini targ‘ib qilishning muhim chorasi sifatida tashkil etishni qo‘llab-quvvatlovchi rezolyutsiya qabul qilgan.
Shundan beri
har yili avgust oyining birinchi haftasida yurtimizda ham ona suti bilan oziqlantirish uchun qo‘llab-quvvatlovchi muhitni yaratish, jumladan, emizishning ona va bola uchun foydali tomonlari haqida aholiga ma’lumot berish maqsadida turli tadbirlar o‘tkaziladi.
"O‘zbekiston — 2030" strategiyasiga asosan mamlakatimizda
2030-yilgacha 6 oylikkacha bo‘lgan chaqaloqlarni istisnosiz
ona suti bilan oziqlantirish darajasini 80 foizga yetkazish maqsad qilingan.
2019-yil 23-oktyabrda
“Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan.
Unga muvofiq, mamlakatimizda ona suti o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilish taqiqlangan. Chunki bunday sun’iy mahsulotlar bola o‘sishining sekinlashishi va organizmida mikroelementlar yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.
O‘tgan yili esa
Go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarni ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash dasturi tasdiqlandi.
Emizish bolalar salomatligini yaxshilashning eng samarali usullaridan biridir, ammo hozirda
jahonda olti oylikkacha bo‘lgan chaqaloqlarning yarmidan kamrog‘igina faqat ona suti bilan oziqlantiriladi.
Shu sababli yurtimizda go‘daklarni ko‘krak suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash va targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Chaqaloq uchun tarkibida yuzdan ziyod shifobaxsh mikroelementlar jamlangan, immunoglobulinga boy ona sutidan ham ko‘ra
mukammalroq ozuqa yo‘q. Shu bois u go‘dakni turli infeksiyalardan himoyalaydi, immunitetini mustahkamlaydi.
Ona suti — bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishini ta’minlashda eng asosiy elementlardan biri. Qolaversa, uning onalar salomatligini yaxshilashdagi ahamiyati katta.
SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site Telegram Fb Instagram*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram