avatar
SSV matbuot kotibi
@ssvmatbuotkotibi
сегодня, 06:05
#Hamkorlik

 
SSV: Vazir BMT Taraqqiyot dasturi vakili bilan uchrashuv o‘tkazdi
 
Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi doimiy vakili Akiko Fujii bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 
Ta’kidlanganidek, BMT Taraqqiyot dasturi O‘zbekistonning ishonchli va yaqin hamkorlaridan bo‘lib, hozirga qadar tuzilma ko‘magida yurtimizda OIV infeksiyasi, tuberkulyoz, COVID-19 kabi yuqumli kasalliklarning oldini olish va davolash, aholini zarur dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha bir qator loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
 
Hamkorlikning hozirgi bosqichida sog‘liqni saqlash tizimida ta’minot zanjirini takomillashtirish, shuningdek, onkologik kasalliklarni davolash uchun zarur dori vositalarini birgalikda xarid qilish mexanizmini yo‘lga qo‘yish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
 
Prezidentning joriy yil 24-iyundagi tegishli qarorida saratonoldi va saraton kasalligiga chalingan bemorlarni tashxislash hamda davolash uchun zarur dori vositalari, tibbiy sarf materiallari, reaktivlar, reagentlar va tibbiy jihozlarni BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda xarid qilish va hududlarga yetkazib berish belgilangan.
 
Vazirlik tomonidan ushbu vazifa ijrosi doirasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
 
“Hozirgi asosiy vazifamiz — 2027-yil 1-yanvardan mazkur mexanizmning to‘liq, samarali va uzluksiz ishlashini ta’minlashdan iborat. Bu borada bizga BMT Taraqqiyot dasturining xalqaro xaridlar va ta’minot zanjirini boshqarish borasida to‘plagan boy tajribasi qo‘l keladi”, — dedi vazir.
 
Yakunda tomonlar ushbu hamkorlik onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni sifatli dori vositalari bilan o‘z vaqtida va uzluksiz ta’minlash uchun xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
 
 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site Telegram Fb
Instagram*
11 3.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
SSV matbuot kotibi
@ssvmatbuotkotibi
сегодня, 04:11
#Kvota

❗️2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim kvotalari tasdiqlandi


Jami kvotalar soni — 4 840 ta.

Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi.

Kvotalar quyidagicha belgilangan:


stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta;
tayanch doktoranturaga — 3 900 ta;
doktoranturaga — 540 ta.

🌐 Web-site Telegram Fb
Instagram*
Oliy_ta’limdan_keyingi_talim_kvotalari_2027.pdf
1.14 МБ
👍 2
20 3.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
SSV matbuot kotibi
@ssvmatbuotkotibi
вчера, 13:28
#Hamkorlik


SSV: Vazir JSST Yevropa mintaqaviy byurosi direktori bilan muloqot qildi
 
Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge bilan videokonferensaloqa formatida muloqot o‘tkazdi.

 
Uchrashuv avvalida vazir JSST tomonidan O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga ko‘rsatilayotgan doimiy ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi.
 
Ta’kidlanganidek, tashkilot yordami bilan mamlakatimizda ona va bola salomatligini muhofaza qilish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini takomillashtirish, milliy tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish kabi yo‘nalishlarda qator sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.
 
Muloqotda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasini uzoq muddatli rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
 
Qayd etilganidek, ayni paytda ishlab chiqilayotgan “Sog‘liqni saqlash — 2035” strategiyasi loyihasini tayyorlashda JSSTning xalqaro tajribasi va ekspertlik ko‘magi muhim ahamiyatga ega. Shu bois vazir tegishli mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish taklifini bildirdi.
 
Shuningdek, JSST Yevropa mintaqaviy qo‘mitasining 77-sessiyasini O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyorgarlik jarayonlari ham ko‘rib chiqildi.
 
Bundan tashqari, tomonlar DRG tizimini ishlab chiqish va joriy etishga tayyorgarlik masalasi yuzasidan ham muzokara olib bordi. Shu maqsadda Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi va JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida imzolangan donorlik bitimi doirasidagi ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
 
Aytib o‘tilganidek, mazkur loyiha tibbiy xizmatlarni moliyalashtirish va ular uchun haq to‘lash mexanizmlarini takomillashtirish, sohada samaradorlik va shaffoflikni oshirishga xizmat qiladi.
 
Uchrashuvda Markaziy Osiyoda salomatlik va farovonlik bo‘yicha 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi 2.0” doirasidagi hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilinib, unda belgilangan vazifalarni O‘zbekistondagi sog‘liqni saqlash islohotlari bilan uyg‘unlashtirish haqida so‘z yuritildi.
 
Muloqot yakunida tomonlar O‘zbekiston va JSST Yevropa mintaqaviy byurosi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma loyiha va tashabbuslarni izchil davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.

SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site Telegram Fb
Instagram*
6 1.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
SSV matbuot kotibi
@ssvmatbuotkotibi
вчера, 09:58
#Tibbiy_talim

 
SSV: Vazir Kembrij universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi
 
Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov Kembrij universitetining tibbiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 
Qayd etilganidek, bugun O‘zbekistonda malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish va uni xalqaro talablarga moslashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
 
Shu maqsadda tibbiyot oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish, nazariya va klinik amaliyot o‘rtasidagi uyg‘unlikni yanada kuchaytirish, talabalarning faoliyat ko‘nikmalarini oshirish, ularning bilimini baholashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli sa’y-harakatlar boshlab yuborildi.
 
“Ushbu jarayonda Kembrij universitetini muhim ishtirokchilardan biri sifatida ko‘ryapmiz. Bu uzoq muddatli hamkorlikning boshlanishi”, — dedi vazir.

 
Muloqotda qator hamkorlik yo‘nalishlari istiqbollari ko‘rib chiqildi.
 
Tibbiyot kadrlarini tayyorlash sifatini oshirish, zamonaviy va natijaga yo‘naltirilgan tibbiy ta’lim modellarini joriy etish, soha oliy ta’lim muassasalarimizdagi o‘quv dasturlarini kompleks tahlil qilish, ularni xalqaro yondashuvlar asosida takomillashtirish, Kembrij universitetining ilg‘or tajribasini milliy ta’lim tizimi xususiyatlari asosida bosqichma-bosqich moslashtirish shular jumlasidandir.
 
Tadbir davomida yaqinda bo‘lib o‘tadigan ikki kunlik amaliy seminar bu borada muhim platforma vazifasini o‘tashiga ishonch bildirildi.
 
Yakunda tomonlar hamkorlik aloqalari rivojidan birdek manfaatdor ekanligini ma’lum qildi.
 
SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site Telegram Fb
Instagram*
👍 4
6 2.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
SSV matbuot kotibi
@ssvmatbuotkotibi
вчера, 06:07
#Audiopodkast


Infarkt va insult kasalliklarining oldini olish mavzusida ekspert bilan audiopodkast o‘tkaziladi
 
SSV Matbuot xizmati tomonidan o‘tkaziladigan navbatdagi audiopodkastda Prezidentimizning 2026-yil 20-yanvardagi tegishli qarorida belgilangan vazifalar mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida so‘z yuritiladi.


Ovozli chat ertaga, 12-avgust kuni soat 11.00 da Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy telegram kanali @ssvuz orqali bo‘lib o‘tadi.

Ekspert Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori Davron To‘laganov.

Mavzu yuzasidan savollaringizni onlayn muloqot davomida berishingiz mumkin.
 
 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site Telegram Fb
Instagram*
17 3.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
SSV matbuot kotibi
@ssvmatbuotkotibi
вчера, 04:31
#Ijtimoiy_rolik


🫀Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun dunyoda qayd etilayotgan o‘lim va nogironlik holatlarining katta qismi infarkt hamda insult kasalliklari va ularning asoratlari hissasiga to‘g‘ri keladi.


Ko‘pincha bu kasalliklar sezdirmay boshlanadi. Ayniqsa, ortiqcha vazn, kamharakatlik, noto‘g‘ri ovqatlanish va zararli odatlar (chekish, alkogol) infarkt hamda insult xavfini bir necha barobar oshiradi.

🏃🏻 Ammo buning oldini olish mumkin. Kuniga 30 daqiqa jismoniy harakat, sog‘lom ovqatlanish va muntazam tibbiy tekshiruv yuragingizni darddan himoya qiladi.

emoji Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi hamkorligida tayyorlangan videorolik sizni sergaklikka chorlasa, ajab emas.

SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site Telegram Fb
Instagram*
👍 1
18 3.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

SSV matbuot kotibi

124.3K
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot kotibi Furqat Sanayevning telegram kanali

Twitter: twitter.com/furqatsanayev
Facebook*: facebook*.com/furkatsanaev
Instagram*: instagram*.com/furkat_sanayev

Vazirlik telegram kanali - @ssvuz
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram