#Tibbiy_talim
SSV: Vazir Kembrij universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov Kembrij universitetining tibbiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Qayd etilganidek, bugun O‘zbekistonda malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish va uni xalqaro talablarga moslashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu maqsadda tibbiyot oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish, nazariya va klinik amaliyot o‘rtasidagi uyg‘unlikni yanada kuchaytirish, talabalarning faoliyat ko‘nikmalarini oshirish, ularning bilimini baholashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli sa’y-harakatlar boshlab yuborildi.
“Ushbu jarayonda Kembrij universitetini muhim ishtirokchilardan biri sifatida ko‘ryapmiz. Bu uzoq muddatli hamkorlikning boshlanishi”, — dedi vazir.
Muloqotda qator hamkorlik yo‘nalishlari istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Tibbiyot kadrlarini tayyorlash sifatini oshirish, zamonaviy va natijaga yo‘naltirilgan tibbiy ta’lim modellarini joriy etish, soha oliy ta’lim muassasalarimizdagi o‘quv dasturlarini kompleks tahlil qilish, ularni xalqaro yondashuvlar asosida takomillashtirish, Kembrij universitetining ilg‘or tajribasini milliy ta’lim tizimi xususiyatlari asosida bosqichma-bosqich moslashtirish shular jumlasidandir.
Tadbir davomida yaqinda bo‘lib o‘tadigan ikki kunlik amaliy seminar bu borada muhim platforma vazifasini o‘tashiga ishonch bildirildi.
Yakunda tomonlar hamkorlik aloqalari rivojidan birdek manfaatdor ekanligini ma’lum qildi.
SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site Telegram Fb Instagram*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram