avatar
SSV matbuot kotibi
@ssvmatbuotkotibi
вчера, 13:28
#Hamkorlik


SSV: Vazir JSST Yevropa mintaqaviy byurosi direktori bilan muloqot qildi
 
Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge bilan videokonferensaloqa formatida muloqot o‘tkazdi.

 
Uchrashuv avvalida vazir JSST tomonidan O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga ko‘rsatilayotgan doimiy ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi.
 
Ta’kidlanganidek, tashkilot yordami bilan mamlakatimizda ona va bola salomatligini muhofaza qilish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini takomillashtirish, milliy tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish kabi yo‘nalishlarda qator sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.
 
Muloqotda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasini uzoq muddatli rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
 
Qayd etilganidek, ayni paytda ishlab chiqilayotgan “Sog‘liqni saqlash — 2035” strategiyasi loyihasini tayyorlashda JSSTning xalqaro tajribasi va ekspertlik ko‘magi muhim ahamiyatga ega. Shu bois vazir tegishli mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish taklifini bildirdi.
 
Shuningdek, JSST Yevropa mintaqaviy qo‘mitasining 77-sessiyasini O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyorgarlik jarayonlari ham ko‘rib chiqildi.
 
Bundan tashqari, tomonlar DRG tizimini ishlab chiqish va joriy etishga tayyorgarlik masalasi yuzasidan ham muzokara olib bordi. Shu maqsadda Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi va JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida imzolangan donorlik bitimi doirasidagi ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
 
Aytib o‘tilganidek, mazkur loyiha tibbiy xizmatlarni moliyalashtirish va ular uchun haq to‘lash mexanizmlarini takomillashtirish, sohada samaradorlik va shaffoflikni oshirishga xizmat qiladi.
 
Uchrashuvda Markaziy Osiyoda salomatlik va farovonlik bo‘yicha 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi 2.0” doirasidagi hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilinib, unda belgilangan vazifalarni O‘zbekistondagi sog‘liqni saqlash islohotlari bilan uyg‘unlashtirish haqida so‘z yuritildi.
 
Muloqot yakunida tomonlar O‘zbekiston va JSST Yevropa mintaqaviy byurosi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma loyiha va tashabbuslarni izchil davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.

SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site Telegram Fb
Instagram*
👍 2
10 3.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

SSV matbuot kotibi

124.3K
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot kotibi Furqat Sanayevning telegram kanali

Twitter: twitter.com/furqatsanayev
Facebook*: facebook*.com/furkatsanaev
Instagram*: instagram*.com/furkat_sanayev

Vazirlik telegram kanali - @ssvuz
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram