Jigar ko‘chirib o‘tkazish — og‘ir kasallik bilan uzoq kurashib, hatto, yashashdan umidini uzgan bemor uchun so‘nggi umid. Donor esa yaqini uchun jigarining bir bo‘lagini berishga tayyor...
Bu yerda har bir qaror, har bir harakat va har bir daqiqa muhim. Ba’zan 18 soatgacha davom etadigan bunday murakkab amaliyotlarni muvaffaqiyatli yakunlash uchun jarrohga bilim, tajriba va mahoratning o‘zi kamlik qiladi... Muhimi, salohiyat va matonat...
Milliy tibbiyot markazi transplantologi Jasur Sobirov ikki yilda 250 nafarga yaqin bemorlarga qayta hayot baxsh etgan shunday yetuk shifokorlardan biri.
U SSV Matbuot xizmati tomonidan yo‘lga qo‘yilgan yangicha formatdagi "Ichkarida" medialoyihasining navbatdagi qahramoni bo‘ldi.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram