#qonunchilikdagi_yangiliklar
Soliq solish soddalashtirilmoqda
2026-yil 1-iyundan boshlab soliq solishning umumbelgilangan tartibiga o‘tish chegarasi 1 mlrd so‘mdan
bazaviy hisoblash miqdorining (
BHM)
12 ming baravariga oshiriladi.
Shuningdek, tovarlarni
import qiluvchi yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar
majburiy tartibda QQS to‘lovchisi deb e’tirof etiladigan
tartib bekor qilinadi.
Endilikda bunday soliq to‘lovchilarning daromadi BHMning 12 ming baravaridan oshmasa, ular ham
aylanmadan olinadigan soliqni qo‘llashi mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari,
2026-yil 1-iyundan 2030-yil 1-yanvarga qadar ayrim tadbirkorlik subyektlariga
QQSni hisoblab chiqarish va to‘lashning
soddalashtirilgan tartibini tanlash huquqi beriladi.
Mazkur tartibni asosiy faoliyat turi
umumiy ovqatlanish, savdo yoki
xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlar qo‘llashi mumkin.
❗️
Soddalashtirilgan tartib davlat korxonalari va yirik soliq to‘lovchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Soddalashtirilgan tartib quyidagilarni nazarda tutadi:
✔️
QQS stavkasi tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha barcha aylanmalarga nisbatan
6 foiz etib belgilanadi;
✔️
foyda solig‘i stavkasi
0 foiz etib belgilanadi;
✔️
foyda solig‘i bo‘yicha soliq
hisobotini taqdim etish majburiyati
bekor qilinadi;
✔️xarid qilingan tovarlar va xizmatlar bo‘yicha to‘langan
QQS summasini hisobga olish huquqi berilmaydi;
✔️QQS bo‘yicha amaldagi
imtiyozlar, preferensiyalar hamda QQSning
bir qismini qaytarish tartibi qo‘llanilmaydi;
✔️mavjud salbiy QQS summasi hisobdan chiqariladi;
✔️ushbu tadbirkorlardan tovarlar va xizmatlarni sotib olgan
xaridorlarga QQS summasini hisobga olish huquqi beriladi.
👉PF-100-son, 26.05.2026-y.
Тelegram |
Facebook* |
YouTube|
Instagram* |
X|
Threads
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram