#qonunchilikdagi_yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Kichik biznes subyektlarining o‘sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy sharoitlar yaratish to‘g‘risida” Farmoni imzolandi
Mazkur farmonning asosiy maqsadi sifatida kichik biznes subyektlari uchun soliq rejimini yanada qulaylashtirish, QQS ma’muriyatchiligini soddalashtirish orqali aylanmalarni ochiqlash va biznesning o‘sishini rag‘batlantirish nazarda tutilgan.
👉PF-100-son, 26.05.2026-y.
Unga ko’ra
2026-yil 1-iyundan boshlab:
🔹soliq solishning
umumbelgilangan tartibiga o‘tish uchun belgilangan chegaraviy miqdor
bazaviy hisoblash miqdorining 12 ming baravari etib belgilanmoqda.
🔹mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan:
▫️alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish uchun
naqd pul to‘lovlarini qabul qilish huquqi beriladi;
▫️alkogol mahsulotlari xarid qilinganda raqamli markirovka kodlari ushbu subyektlarda
yakuniy iste’molga realizatsiya qilingan deb e’tirof etiladi;
🔹umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko’rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun:
▫️ayrim toifadagi xodimlarni mehnat organlarining mobil ilovasi orqali soddalashtirilgan tarzda
«shu kunning o‘zida va muayyan muddatga» rasmiylashtirish va ish haqini to‘lash tartibi joriy etiladi;
▫️to’langan QQS bir qismini qaytarish, tushumning
naqd pulsiz shaklda tushgan ulushidan qat’i nazar,
to’langan soliq summasining
40 foizi miqdorida amalga oshiriladi.
🔹 umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko’rsatish faoliyati bilan
shug’ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga tegishli bino va inshootlarga hamda yer uchastkalariga tutash hududlardan foydalanishda to’lanadigan
ijara to’lovi miqdori Soliq kodeksida
belgilangan tartibda aniqlanadigan
yer solig’ining bir baravari
miqdorida belgilanadi.
2027-yil 1-yanvardan boshlab:
🔸alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan
alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar birlashtirilib, uning stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining
10 foizi miqdorida belgilanmoqda;
🔸jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tadbirkorlik subyektlariga umumiy maydoni
1 000 kvadrat metrdan ko‘p bo‘lgan maydonlarni ijaraga berilganda, soliq solish maqsadida
ijara to‘lovining eng kam stavkalari qo‘llanilmaydi,
bundan Toshkent shahri mustasno;
🔸kichik biznes subyektariga buxgalteriya hisobini yurituvchi
tashkilotlar va soliq maslahatchilarini jalb qilish xarajatlarini
ikki barobarga oshirgan holda chegirishga ruxsat beriladi.
Тelegram |
Facebook* |
YouTube|
Instagram* |
X|
Threads
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram