avatar
Shokirjonov news
@shokirjonov
26.03.2026 15:24
Vaqt.uz saytiga ishga taklif:

Moliya va iqtisod yoʻnalishida tahliliy maqolalar yozuvchi jurnalist

Talablar:

• Iqtisodiy yo‘nalishda oliy ta’lim yoki mos akademik background
• Iqtisodiy jurnalistika yoki tegishli sohada kamida 3 yillik tajriba
• Analitik fikrlash va murakkab mavzularni sodda, tushunarli yoritish qobiliyati
• Diagramma, raqam va statistik ma’lumotlar bilan professional ishlash ko‘nikmasi
• Tahliliy maqolalar yozish tajribasi (portfolio talab etiladi)
• O‘zbek tilida mukammal yozish (rus va ingliz tillari ustunlik beradi)
• Yangiliklarni tezkor tahlil qilish va mustaqil xulosa chiqarish
• Mas’uliyatlilik va deadline’lar bilan ishlash tajribasi

Vazifalar:
• Iqtisodiyot, biznes va moliya sohalarida tahliliy maqolalar tayyorlash
• Statistik va faktlarga asoslangan kontent yaratish
• Bozor tendensiyalarini chuqur tahlil qilish va o‘quvchiga tushunarli shaklda yetkazish

Taklif qilamiz:
• Tajribangizga proporsional, raqobatbardosh maosh
• Mediada 10+ yillik tajribaga ega jurnalist va media mutaxassislar bilan ishlash va o‘sish imkoniyati
• Yangiliklarga ochiq rahbariyat va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlovchi muhit
• Aynan iqtisodiyotga ixtisoslashgan media platformada faoliyat yuritish
• Professional rivojlanish uchun forumlar, tadbirlar va kurslarda ishtirok etish imkoniyati
• Shahar markazida joylashgan zamonaviy ofis
• 5/2 ish grafigi 09:00-18:00

📩 Rezume va portfolioingizni @Farkhadovna_Madinabonu ga yuboring
👍 8
👏 3
2
👎 1
💯 1
17 3.9K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Shokirjonov news

10.1K
Jurnalist Shuhrat Shokirjonovdan yangiliklar

Reklama uchun: 👉 @manager1_robot

Murojaat boti: 👉 @shokirjonovbot
Открыть в Telegram