avatar
Shohida Ibragimova
@shohida_ibragimova
21.02.2026 06:52
Shu postni Sizga erta tongdan tayyorlab ilindim, vaqt topsangiz albatta o'qing va tafakkur qiling millarderim!

"Vaqtinchalik" hayot tuzog‘iga tushib qolmang!

Hayotimizdagi ko‘p narsalarga "vaqtinchalik bekati" deb qaraymiz. Vaqtinchalik ish, vaqtinchalik tanishlar, vaqt o‘tkazish uchun keraksiz ma’lumotlar... Lekin unutmang:
Vaqtinchalik deb qaralgan narsada hech qachon baraka bo‘lmaydi.

1. Ishingizda "mehmon" bo‘lmang
Ishida
"boricha ishlab turaman" deydiganlar o‘z kasbida xuddi ijarada turgandek yashashadi: na bitta daraxt ekishadi, na bir g'oya beradi, na o'zini ustida ishlaydi, na uyni obod qilishadi.
Haqiqat: Agar ishingizni xuddi butun umr qiladigandek mehr va ishtiyoq bilan qilmasangiz, hech qachon yuksala olmaysiz. Hatto taksichi bo‘lsangiz ham, xizmatingizni eng mukammal darajaga chiqaring. Shunda ish sizni emas, siz ishni tanlaysiz.
2. Manfaat uchun emas, qadriyat uchun do‘stlashing
Faqat "ishi bitishi uchun" tanishish (networking) – bu odamdan buyumdek foydalanishdir.
Oddiy qoida: Bir odam bilan 20 yildan keyin ham birga choy ichib, suhbatlashishni xohlamasangiz, bugun ham u bilan vaqt isrof qilmang. Haqiqiy muvaffaqiyat – yillar davomida sinalgan, sadoqatli do‘stlar bilan quriladi.

3. Miyangizni "axlatxona" ga aylantirmang

Kuniga soatlab reels yoki keraksiz yangiliklarni ko‘rish – miyani vaqtinchalik musor bilan to‘ldirishdir.
Yechim: Eskirmaydigan ilmlarni o‘rganing. Inson fitrati va dunyo qonuniyatlari o‘zgarmaydi. Vaqtinchalik "shov-shuv"lar esa ertaga axlatga aylanadi. Miyamiz sog‘lom ma’lumotni qabul qila olmay qolishidan qo‘rqaylik.

Xulosa:
Hayotda hamma narsa o‘tkinchi, lekin biz har bir ishni "butun umrga" deb niyat qilib boshlasak, o‘sha ishda baraka va natija bo‘ladi.

O‘zingizga shu savollarni albatta bering va javoblarini izohda kutaman.

1. Ishingiz:
Agar shu ishni yana 30 yil qilishingiz aniq bo‘lsa, hozirgidek e’tiborsiz bo‘larmidingiz?

2. Do‘stlaringiz: Yiqilganingizda yoningizda qoladigan necha kishi bor?

3. Bilimingiz: Bugun o‘rgangan narsangiz 10 yildan keyin farzandingizga asqotadimi?

Bu eslatma kimningdir hayotini o‘zgartirishi mumkin. Yaqinlaringizga ham ulashing.
🔥 372
206
❤‍🔥 36
👍 33
9
😍 7
😢 1
76 444 19.9K

Обсуждение 76

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Shohida Ibragimova

37.8K
Пул илмининг устози
Боғланиш учун @sojida_usmanova
+300 000 ўқувчилар ва 99% натижа!
Открыть в Telegram