1. Odamdagi barcha yaxshi xislatlar fikrlash ortidan keladi. Adashadi. FIkrlaydi. To'g'rilaydi. O'zgaradi.
2. O'zgarish uchun odam o'z fikri xato ekanligini tan olishi kerak. Ko'pchilik uchun bu qiyin ish. Atrofingga qara - nechta odamni yillar o'tib eshitib, "iye ancha o'zgarib ketibdi", nechtasi haqida "haliyam o'sha" degan fikrga kelasan?
3. O'z fikrini eng to'g'ri deb o'ylagan odam qotib qoladi. Chunki unga yangi fikr kerak emas. O'ziniki eng to'g'ri. Noto'g'ri bo'lsa ham, isbotlanmagan bo'lsa ham. Kibrning alomati bu.
4. Bilmaslik ayb emas. Bilaman deb o'ylashlik ayb. Birinchisini o'zgartirsa bo'ladi. Ikkinchisi esa senga seni sohangda dars beradi. U fikrlashni "bilaman" degan illuziyaga almashtirib yuborgan.
5. Agar har 6 oyda o'zingga o'zing - "1 yil oldin g'irt ahmoq bo'lgan ekanman" demayotgan bo'lsang - yetarli tezlikda o'zgarmayapsan. Yangi fikrlar shakllantirmayapsan.
6. O'zgarishdan qo'rqma. Agar umuman o'zgarmagan bo'lganimizda - gap eshitishdan qo'rqgandan yoki qizlarga yoqish uchungina bir ish qiladigan maktab bolasi bo'lib qolib ketardik. Qizig'i atrofingdagi ba'zilar hali ham shunday.
Yil oxiri uchun ajoyib mashq bor.
Ishlatadigan dasturlarimiz, o'qiydigan bloglarimizga bitta-bitta qarab chiqamiz.
Har biriga savol beramiz:
Mana shunga sarflagan vaqtim, o'zini oqlayaptimi? Nima dividendlar oldim? Hayotimda qanday o'zgarish qildi?
Javobi "yo'q" bo'lsa, o'chiramiz, chiqib ketamiz.
Foydali emasmi, demak zararli.
Aziz Rahimov so'zlari!
❤242
🔥61
💯28
❤🔥25
👍18
😍5
💔3
25 249 20.7K
Обсуждение
25
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 25
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram