avatar
Shohida Ibragimova
@shohida_ibragimova
07.12.2025 23:57
Bilimni olish kerak, boshingga quyib qo'yishlarini kutish emas.

O'rganishga kelganda men odamlarni ikki turini ko'rganman:

1. Qayerda bo'lmasin doimo yangi bilimlar, ma'lumotlar, hunar, insayt va keyslarni ketidan quvlaydiganlar.

2. Noliydiganlar: "Universitet rasvo, kuchli o'qituvchilar yo'q, нормальный kurslar topib bo'lmayapti, o'rganishga sharoit(pul, vaqt) yo'q" deb o'qimay yurganlar.

Bir narsani tushunib ol: Biz hozir ma'lumot bepul va hammani qo'li yetadigan joyda bor zamonda yashayabmiz.

Demak, hech qaysi o'quv jarayondan maqsad ma'lumot yoki bilim olish emas.

Unda o'qishdan maqsad nima? - Barcha ma'lumotlar ichidan o'zingga kerakligini ajratib olib uni amalda qo'llashni boshlash.

-Konferensiya, trening, yig'ilishlar - ma'lumot olish uchun emas - yangi tanishuv, motivatsiya va rivojlanish keyslarini ko'rish uchun.

-Universitetlar - lektor gapirgan gapni daftarga ko'chirish uchun emas - mustaqil o'rganishga odatlanish, ma'lumotlarni sistemalashga ko'nikish, ish va o'qishni birga olib borishni o'rganish uchun!

-O'quv kurslari - til yoki yangi mutaxassislik egasi bo'lish uchun emas (bu uchun kitoblar yetarli) - o'quvchiga yo'nalish berish, ekspert tomonidan doimiy fidbek (fikr-taklif) olish va bilimlarini tezroq amalda qo'llash uchun.

Ovchi bo'l. Yangi bilimlarni ovlashni o'rgan. Borlarini rivojlantir. Bilganlaringni amalda qo'lla.

Eng asosiysi - "Menga hech kim o'rgatmagan" deb nolima. O'zingdan boshqa hech kim senga hech narsa o'rgatolmaydi.

P.S.
Maqoladan ta'sirlanib, universitetdagi o'qishini tashlab ketgan studentlarning ota-onalari oldida, muallif hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi. ��

Aziz Rahimovdan ilhomlanib olingan so'zlar!
🔥 183
84
👍 22
16
14 194 15.6K

Обсуждение 14

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Shohida Ibragimova

37.8K
Пул илмининг устози
Боғланиш учун @sojida_usmanova
+300 000 ўқувчилар ва 99% натижа!
Открыть в Telegram