avatar
Shohida Ibragimova
@shohida_ibragimova
07.12.2025 23:44
Qiynalmayotgan bo‘lsangiz - o‘smayapsiz. Adlerning gapi bilan aytganda ma’lumot olgan kishi mazza qiladi, ilm olayotgan kishi qiynaladi. Odam xatosini bilib qoladi. Uni tan oladi. Mana shu tan olish og‘riq beradi. To‘g‘rilash uchun och odam kaloriyani qidirganidek u ham ilm qidiradi. Qidirib yurgani uchun darrov amal qiladi. Keyingi safar o‘sha vaziyatda u xatoni qilmay qo‘yadi. Oxir-oqibat axloqi yaxshilanib boradi.

Rivojlanmayotgan odamning birinchi belgisi u hamma narsani biladi. U hamma narsani qilib bo‘ldi. Unga savol berish yarashmaydi, unga savol berishlari yarashadi. U xato qilmaydi, qilsa ham xatoga hisoblanmaydi. Boshliqlar kech qolmaydi, ushlanib qoladi - balki ana shu gapning mualliflari shunga o‘xshagan odamlar bo‘ladi. Rivojlanib bo‘ldim deganda odamda rivojlanish tugayotgan bo‘ladi.

Negadir shu gaplarni shu yerda qoldirgim keldi❤️

Negadir ohirgi payt Ilmga judayam muhtoj bo'lyapman. Kunim kitob o'qish, podcast ko'rish va o'z ustimda rivojlanish bilan o'tqizsam mazza qivomman❤️❤️
317
👍 62
🔥 36
6
❤‍🔥 1
57 135 12.1K

Обсуждение 57

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Shohida Ibragimova

37.8K
Пул илмининг устози
Боғланиш учун @sojida_usmanova
+300 000 ўқувчилар ва 99% натижа!
Открыть в Telegram