Shu matnni Aziz Rahimovda o'qib juda tasirlandim. Menga ham premium hayot hozir yetishmayatkandek:
Premium hayot oflaynga o'tib boryapti.Qulayotgan omma esa onlaynga o'tib boryapti. Endi ko'p onlayn bo'lish, pulimiz va imkoniyatlarimiz cheklanganining belgisi. Ko'p oflayn bo'lish, erkinligimiz, daromadimiz, fikrlashimiz cheklanmaganining belgisi.
Premium hayotdagilar tog'larga chiqib yuribdi. Omma esa, chiqqanlarning videolarini ko'rib o'tiribdi.
Premium hayotdagilar diqqat qilib, dasturlar yozyapti, o'yinlar yasayapti, bloglar yurgizyapti. Omma hayotidagilar esa faqat foydalanyapti, tomosha qilyapti, hech narsa qurmayapti.
Premium hayotdagilar uydagilar bilan oflayn vaqt o'tkazyapti, gaplashyapti, o'ynayapti., ya'ni yashayapti. Omma hayotidagilar esa yashayotganlarning hayotini kuzatyapti, muhokama qilyapti, bo'lishyapti.
Premium hayotdagilar imkoni bo'lishi bilan oflaynga o'tib olyapti. Uzoq safarlar. Kunlik tafakkur. To'ldirilgan kundaliklar. Qog'oz kitoblar.
Omma hayotidagilar esa imkoni bo'lishi bilan onlaynga o'tib olyapti. Hatto ish vaqtida ham. Telegram xabarlar. Instagramdagi* storis (hikoya)lar. To'xtovsiz xabarnomalar (notifications). Uzundan uzun konsertlar. Skrollangan memlar.
Eski premium uchun pul kerak edi. Internet kerak edi. Hamma xohlar edi. Hammada imkoniyat yo'q edi.
Yangi premium uchun iroda kerak. O'zimizni nazorat qilishimiz kerak. Hammada imkoniyat bor. Hammada ham xohish qolmadi.
Eski premium uchun pul kerak edi. Internet kerak edi. Hamma xohlar edi. Hammada imkoniyat yo'q edi.
Yangi premium uchun iroda kerak. O'zimizni nazorat qilishimiz kerak. Hammada imkoniyat bor. Hammada ham xohish qolmadi.
Hozirgi kundagi eng qimamt resurs bu iroda va diqqatimiz bo'lib qoldi. Shunday emasmi?
❤🔥347
👍128
🔥48
😢44
💯23
⚡17
❤5
😍5
40 225 27K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Обсуждение
40
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 40
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram