avatar
SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
@shevashunos
09.03.2026 12:32
"Xonasallot" so‘zining asl ma’nosini bilasizmi?
Ko‘pchiligimiz yoshligimizda kattalardan, ayniqsa, o‘g‘il bolalarga nisbatan ishlatiladigan "xo‘nasalot" (yoki "xo‘nasallot") degan so‘zni eshitganmiz. Odatda bu so‘z "badbaxt", "yaramas" yoki "ablah" kabi haqoratli ma’nolarda qo‘llaniladi.

Ko‘pchilik bu so‘zni tibbiy/biologik ma’nodagi "xunasa" so‘zi bilan adashtiradi. Biroq chuqurroq izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, bu so‘zning ildizi mutlaqo boshqa joyga borib taqaladi.
Aslida qanday?
Lug‘at boyligimizdagi ushbu so‘z aslida "Xonasallot" bo‘lib, u ikki qismdan iborat:

Xona (forscha) — uy;
Salot (arabcha) — namoz.

O‘tmishda ajdodlarimiz masjidga chiqmay, jamoatdan ajralgan holda faqat uyda namoz o‘qiydigan erkaklarga nisbatan "xonasallot" "uyda namoz o‘quvchi") deb tanbeh berishgan. O‘sha davr tushunchasiga ko‘ra, erkak kishining jamoatdan uzilishi, ijtimoiy mas’uliyatdan qochishi salbiy holat hisoblangan.

Vaqt o‘tishi bilan so‘z talaffuzi o‘zgarib, uning diniy va ijtimoiy ildizi unutilgan. Natijada, u shunchaki "yaramas", "gap uqmas" yoki "yomon odam" degan umumiy haqorat ma’nosiga ko‘chib o‘tgan.

Siz bu haqda avval eshitganmidingiz? Sizning hududingizda bu so‘z qanday ma’noda ishlatiladi?
👇 Fikringizni izohlarda qoldiring!
@shevashunos
👍 10
🔥 7
2
7 23 9.9K

Обсуждение 7

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

1.8K
Dr. Avazxon Umarov

O'zbek shevalariga oid so'zlarni o'rganamiz. Turkiy til va adabiy meroslarimiz haqida fikr yuritamiz. Turkiya, Turk tili, tarjimalar borasida postlar qo'yamiz. @Avaz_Han
İnstagram: https://www.instagram*.com/avazxon_umar?igsh=MTZvZj
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram