avatar
Shahnoza Soatova blogi
@shahnozxon
23.04.2026 14:41
Bugun Xalqaro kitobxonlik kuni – biz "TOP 100 kitobxon" tanloviga start berdik.

Yoshlar ishlari agentligi bugun katta loyihalarini taqdimot qildi. Eng kattasi – yaqindagina Prezidentimizga taqdimot qilingan "Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030" strategiyasi bo‘ldi.

Strategiya kuchli ishlangan. Juda ko‘p yo‘nalishlarda yoshlarga grantlar, subsidiyalar, imtiyozlar berilyapti. Masalan, chekka hududlarda o‘quv kurslari ochmoqchi bo‘lgan yoshlarga dastlab 130 million, agar uni erta o‘zlashtirib, uzilsa, yana 300 million (va hk, miqdor o‘sib boraveradi) miqdorda subsidiya (foizsiz qarz) brilar ekan. Yana 6 oylik imtiyozli muddati bilan 3 yilga! Bu jamg‘armaga "Ko‘mak" deb nom berilibdi (xuddi bundan bir asr ilgari jadid bobolarimiz ochgan jamg‘arma bilan otdosh – naqadar ramziy).

Yana til o‘rganish, kitobxonlik, volontyorlik, tadbirkorlik yo‘nalishlari, universitetni bitirgan yoshlarning ishga joylashuvi, yoshlarning ruhiy salomatligi (o‘z joniga qasd qilish kabi holatlar ko‘paydi) kabi yo‘nalishlarda talay imtiyoz va imkoniyatlar bor.

Imkoniyatlardan foydalaninglar, tanish-bilish, do‘st-yoron-u farzandlaringizga, ularning ham do‘stlariga tarqatinglar. Yoshlar, foydalanib qoling, davringiz keldi.

Sal erta tug‘ilib qo‘ygan ekanmizmi))

Ayniqsa kitob sotuvchilar va chop etuvchilarga, faol ijodkorlarga berilishi belgilangan grant va mukofotlarni ko‘rib ruhlanib ketdim.

Suratda esa biz Kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha PQ-9-sonli Prezident qarorida nazarda tutilgan "Top-100 kitobxon" tanlovigaramziy start beryapmiz. Tanlovda qatnashinglar – chop etilayotgan biron kitob o‘qilmay qolmasin!

@shahnozxon
7
👍 1
💯 1
3 1.3K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Shahnoza Soatova blogi

4.9K
Ki har ne olami sug‘roda mavjud,
Bori ul olami kubroda mavjud.
(Alisher Navoiy)

Murojaat uchun: @shahnozchatbot
Открыть в Telegram