avatar
Shahnoza Soatova blogi
@shahnozxon
25.03.2026 12:41
Kanalimning muhokama guruhiga bir kuzatuvchi tinmay, deyarli har kuni muntazam ravishda "Akademik til" kanalidan kontentlar tashlab boradi. Taxminimcha, shu kanal admini bo‘lsa kerak. Butun dunyo meni unutsa ham, shu kuzatuvchim unutmaydi :)

Bora-bora, bugun qaysi yangi gapni menga ilinar ekan deb kuta boshladim, o‘rgatib qo‘ydi-da. Kontentlari ham qiziq, ilmni ommalashtirishga qaratilgan. Oxir-oqibat men uning kuzatuvchisiga aylanganimni sezib qoldim.

Hatto bir marta "Zakovat"ga ham undagi ma'lumotlardan savol tuzdim 😉

Xullas, qat'iyati va sabri uchun shu odamga rahmat. Minnatdorligim belgisi sifatida kanalning havolasini ulashaman va hammaga tavsiya qilaman. Bugun tarmoqda asl ilmiy gaplar kamligini hisobga olsak, bu ajoyib topilma bo‘ldi. Yana bir qiziqarli tilshunoslikka yo‘naltirilgan sifatli manba hammanizga muborak bo‘lsin.

Kanalga havola: @akademik_til

Admini kim ekan, qiziq? Aloo, yashirin qahramon, o‘zingizni tanishtiring :)

@shahnozxon
Telegram
«akademik_til»
Ilm faqat xoslar uchun. instagram.com/uzb_turkic Bizni qo‘llab-quvvatlash uchun: 5614 6887 0332 1074 Kanalga 2022-yilning 3-martida asos solingan. Bu kanal avvalgi kanalning nusxasi. Etimologiya va ilmiy maqolalar uchun: https://t.me/+HFWv0TltEdRlZDJi
👍 5
3
1 4 1.4K

Обсуждение 1

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Shahnoza Soatova blogi

4.9K
Ki har ne olami sug‘roda mavjud,
Bori ul olami kubroda mavjud.
(Alisher Navoiy)

Murojaat uchun: @shahnozchatbot
Открыть в Telegram