Qo'pol yoki haqorat qilayotgan mijozga qanday javob berish kerak ?
Mendan bu haqda juda ko'p marta so'rashgan va hozir men aynan qanday yo'l tutishni aytib beraman. Bu potensial mijozmi yoki amaldagi mijozmi, buning ahamiyati yo'q.
Javob hali siz birorta so'z aytishingizdan oldin boshlanadi. Siz bir soniya, o'zingizga qulay tuyulgandan biroz uzoqroq vaqt sukut saqlaysiz va shunchaki kutasiz. Qo'pol odam janjal qidiradi va uning navbatdagi zarbasi allaqachon tayyor turadi. Siz zarbaga zarba bilan javob bermaganingizda, bu vaziyat o'z yoqilg'isini yo'qotadi. Sukunat vaziyatdagi barcha keskinlikni pasaytiradi.
Shuningdek, bu tanaffus sizga g'azabni yo'q qiladigan yagona narsani - tiniq aqlni beradi. Agar tezda javob qaytarsangiz, xatoga yo'l qo'yishingiz mumkin. Gapirishni boshlaganingizda,
past ovozda va sekin gapiring, ovozingizni ko'tarmang, aksincha pasaytiring. "Sizni eshityapman" kabi oddiy gapni ayting.
Shuni tushunish kerakki, ular kamdan-kam hollarda aynan sizdan g'azablanishadi. Siz shunchaki boshqa bir sabab bilan jahl chiqib turgan vaqtda ularning ro'parasida turgan inson bo'lasiz, xolos.
Scaleup |
@scaleupuz
Обсуждение 11
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram