avatar
Shohzod Polatov | ScaleUp
@scaleupuz
07.08.2026 08:11
Ushbu videodagi ongda mening raqobatchilarim bor. Ularning har bir posti, har bir va’dasi, narxni qachon o’zgartirgani, qaysi gapni oylab takrorlab yurgani. Hammasi bitta joyda, bir-biriga ulangan holda turibdi.

Har bir nuqta ularning bitta harakati. Nuqtalarni bog’lab turgan chiziqlar esa o’sha harakat ortida qaysi psixologik instrument ishlayotganini ko’rsatadi. O’rtadagi yirikroq nuqtalarni ko’ryapsizmi, o’sha ular eng ko’p suyanadigan qurol. Men buni yon tomondan kuzatib turibman. Ularning o’zi esa buni ko’rmaydi.

Bir yil oldin men ham xuddi shu ishni qo’lda qilardim. Xodimga topshiraman, u bir hafta yig’adi, oxirida kelib “ular bizdan arzonroq” deydi. Tamom. Bir haftalik mehnat shu bitta gapga sig’ib ketardi.

Hozir har kuni ertalab soat 8 da oltita raqobatchi bo’yicha to’liq hisobot tushadi. So’rashim ham shart emas, o’zi yuboradi.

Endi sizdan so’rayman. Raqobatchingiz haqida bugun nima yangilik bildingiz?

Scaleup | @scaleupuz
13
🔥 2
2 15 1.3K

Обсуждение 2

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Shohzod Polatov | ScaleUp

3K
Marketolog | Tadbirkor
Marketingni biznesga aylantirish haqida yozaman

Bog‘lanish: @shohzodpolatov
Открыть в Telegram