Uy ko’paysa narx tushadimi?
Odamlar orasida bitta qarash aylanib yuradi:
“Uylar ko’payib ketsa oladigan odam topilmaydi, narx tushadi.”
Uy bozorida ham, tijorat obyektlarida ham shu gap. Uning ostida esa bitta kutish yotadi - qachondir keladigan sehrli vaqt, hamma arzonga oladigan kun.
Bu qarash faqat bir tomonni - xaridorni ko’radi. Ikkinchi tomonda harajati har kuni ishlab turadigan biznes bor.
Mexanikasi oddiy. Mahsulot sotilsa, biznes doimiy harajatini yopadi: kam yoki ko’p foyda oladi, eng yomoni o’zini nolda ushlaydi. Sotilmasa - yopolmaydi. Aynan shu yerda ko’pchilik “unda arzonlashtiradi-da” deb o’ylaydi. Aslida arzonlashtirish - chuqurda turgan odamning yana pastga qazishi.
Raqam bilan. Shartli quruvchi: 100 ta xonadon, o’rtacha 60 m². Toshkentda joriy o’rtacha narx 16,5 mln so’m/m² - ya’ni ~1 mlrd so’m bitta xonadon, 100 mlrd so’m butun zaxira. Narxni atigi 10% tushirsa, bu bitta xonadonda emas, qoldiq zaxiraning hammasida ~10 mlrd yo’qotish. Ushlab turish harajati (kredit foizi, yer, qo’riqlash, boshqaruv) oyiga 1–1,5 mlrd bo’lsa, o’sha 10% chegirma taxminan 7–10 oylik kutish puliga teng.
Bir yil ichida sotaman deb hisoblasa, kutish arzonlashtirishdan foydali. Shuning uchun u kutadi.
Chindan shunday qilyapti: narxni emas,
shartni o’zgartiryapti. Bugun quruvchilar 5 yilgacha 0% yoki juda past foizli bo’lib to’lash taklif qilmoqda - narx joyida, faqat vaqt cho’ziladi.
Bozorda “ortiqcha uy” degan narsaning o’zi hali yo’q.
Demak:
1.Chegirma sotuv quroli emas, ko’pincha oxirgi tan olishdir. Narxni tushirgan quruvchi bitta xonadonni emas, butun zaxirasining bahosini qayta yozadi va birinchi tushirgan birinchi o’ladi.
2.Xaridor arzonlashishini kutadi, quruvchi sotilishini kutadi. Ikkovi ham kutadi - lekin faqat bittasining harajati har oy o’sib boradi. O’sha o’sgan harajat oxir-oqibat narxga qo’shiladi, minusga emas.
Sodda o’zbegim bilan gaplashsangiz - qarash, qo’rquv va xursandchilik butunlay boshqa-boshqa nuqtalarda turadi. U narx tushishini kutib o’tiradi, lekin tushmaydigan bozorda kutishning o’zi eng qimmat qaror bo’lib chiqadi.
Kecha bir inson bilan suhbatdan kelib chiqib…
Scaleup |
@scaleupuz
Обсуждение 4
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram