Bugun “Odisseya”dan chiqdim.
Kinoning o’zi alohida gap - u haqda keyin yozaman. Lekin zaldan chiqib, ko’chada bir necha daqiqa shunchaki turib qoldim. Marketolog miyam bitta sahnada qotib qolgan edi.
Lotus guli.
Noma’lum orol. Gul beriladi. Odam yeydi va hech narsa yomon bo’lmaydi. Aksincha.
Og’riq yo’q. Tashvish yo’q. Ertaga haqida o’y yo’q.
Men o’sha sahnada o’zimni tanidim. Chunki biz hammamiz shu gulni qidiramiz. Kechqurun telefonga cho’kkanimizda ham, “ertaga hal qilaman” deganimizda ham. Odam quvvat izlaydi deb o’ylaymiz - yo’q. Odam tinchlik izlaydi.
Va shu yerda miyamga g’oya keldi.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun: ichimlik, konfet, kundalik iste’mol mahsuloti - ta’mi va va’dasi aynan shu bo’lsa. Quvvat emas,
xotirjamlik. Javonlarda bu kategoriya butunlay bo’sh turibdi.
Yoki undan ham kattasi - rang.
Moviy Lotus rangi. Kiyimda, qadoqda, kun davomida ishlatiladigan buyumlarda. Tiffany moviy rangni egallagan. Cadbury binafshani. Bizda “xotirjamlik rangi” hali hech kimga tegishli emas.
Kinodan chiqqaniga uch soat bo’ldi. Syujet esimda emas.
Gul va rang esimda.
Marketolog va tadbirkor sifatida buni e’tiborsiz qoldira olmasdim.
Scaleup |
@scaleupuz
Обсуждение 5
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram