avatar
Shohzod Polatov | ScaleUp
@scaleupuz
02.08.2026 09:02
Odamlar pulni faqat uchta narsaga sarflaydi, faqat uchtaga.

Birinchisi - yechim. Odamlar muammo yo’qolishi uchun deyarli qancha bo’lsa ham to’lashga tayyor. Og’riq, stress, qarz, yolg’izlik. Aynan shuning uchun odamlar shifokorga o’ylab ham o’tirmay pul to’laydi.

Ikkinchisi - qulaylik. Dunyodagi eng boy kompaniyalar - eng oddiylari. Ular shunchaki biror narsani tezroq, soddaroq va ortiqcha bosh og’rig’isiz qilib berishgan. Odamlar butun umr faqat murakkab yo’ldan yurmaslik uchun ustama to’laydi.

Uchinchisi, mening eng yoqtirganim - taassurot. Odamlar boshqa hech qayerdan ololmaydigan tuyg’uni his qilish uchun aqlga sig’maydigan pul to’lashga tayyor. Uzoqqa borish shart emas - to’yga qarang. O’zbek oilasi umri davomida qilgan eng katta xarajatini na yechim uchun, na qulaylik uchun qiladi. Bir kechalik taassurot va odamlarning ko’zi uchun qiladi. Siz taomga to’lamayapsiz, siz o’sha kechaga to’layapsiz.

Mana, ro’yxat shu. Yechim, qulaylik, taassurot. Qaysi birida eng zo’r bo’lishingizni tanlang, qolgani o’z-o’zidan keladi.

Scaleup | @scaleupuz
🔥 20
👍 7
💯 5
2 25 1.8K

Обсуждение 2

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Shohzod Polatov | ScaleUp

3K
Marketolog | Tadbirkor
Marketingni biznesga aylantirish haqida yozaman

Bog‘lanish: @shohzodpolatov
Открыть в Telegram