avatar
Shohzod Polatov | ScaleUp
@scaleupuz
31.07.2026 05:37
Raqobatchilarni tahlil qilish ilgari bir hafta olardi. Endi soat 8:00 da stolimda turadi.

Ilgari bu ish odamga bog’langan edi. Xodimga topshirasiz, u bir hafta, ba’zan bir oy yig’adi. Natijada qo’lingizga qalin prezentatsiya keladi. Ochasiz - ma’lumot allaqachon eskirgan.

Endi men kunimni raqobatchilar hisoboti bilan boshlayman. Har kuni, ertalab soat 8:00 da. Buni menga sun’iy intellekt ya’ni AI Agentlar tayyorlab beradi.

U nima qiladi? Raqobatchilar kanaliga kirib savol beradi. Yangi offerlarini o’rganadi. Hammasining taklifini solishtiradi. Va oxirida aytadi - bugun aynan qaysi nuqtaga e’tibor berishim kerak.
Bugungi hisobotdan nima chiqdi, ko’rsataman.

6 ta raqobatchi maktab. 143 ta yangi post. 895 ta post baholandi. Va 147 ta soxta taktika belgisi topildi.
Soxta deganda nima? Uydirma taqchillik. Sotib olingan ijtimoiy dalil. Ichi bo’sh avtoritet. Bitta raqobatchida kontentning 33 foizi shunday. Bizda 8 va 10 foiz.
Lekin eng qimmat topilma boshqa joyda edi.

Agent barcha raqobatchilarni 30 ta psixologik instrument bo’yicha xaritaga soldi. Kim nimaga tayanadi. Va bitta bo’shliq ochildi: hech kim yo’qotish og’rig’i va to’lov og’rig’i bilan ishlamayapti.
Hammasi avtoritet va taqchillikni takrorlayapti, bir xil qatorda turibdi.
Demak o’sha maydon bo’sh. Va u bo’sh turganini bilgan odam u yerga birinchi bo’lib kiradi.

Shu bitta xulosa uchun ilgari bir oy kerak edi. Bugun u ertalabki kofegacha stolimda turgan.

Endi asosiy fikr.
Bozorda eng katta byudjetli yutmaydi. Eng ko’p gapiradigan ham yutmaydi. Bozorda diqqati, fokusi va tahlili bor odam yutadi. Chunki qolganlar taxmin qiladi, u esa biladi.

Raqobatchingiz bugun nima qildi?
Qaysi offerni chiqardi?
Nimani takrorlayapti va qayerni bo’sh qoldiryapti?

Bu savollarga javobingiz bo’lmasa, siz bozorda emas, o’z tasavvuringizda ishlayapsiz.

Scaleup | @scaleupuz
🔥 21
👍 4
👏 4
11 27 1.5K

Обсуждение 11

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Shohzod Polatov | ScaleUp

3K
Marketolog | Tadbirkor
Marketingni biznesga aylantirish haqida yozaman

Bog‘lanish: @shohzodpolatov
Открыть в Telegram