avatar
RASMIY XABARLAR
@rasmiyxabar24
сегодня, 18:44
🌒 «Роскосмос» қисман қуёш тутилиши коинотдан қандай кўринганини намойиш этди.

Москваликлар бу ҳодисани булутли об-ҳаво туфайли кўра олмади. Бироқ Россиянинг бошқа ҳудудларида яшовчилар қуёш тутилишини кузатишга муваффақ бўлди.

@rasmiyxabar24
321
avatar
RASMIY XABARLAR
@rasmiyxabar24
сегодня, 11:46
❓Mustaqillik bayramida o’zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Javob: bu yil 1-sentyabr – Mustaqillik bayrami munosabati bilan haftada 5 kun ishlaydiganlar ketma-ket 4 kun, 6 kunliklar esa 3 kun dam oladi. Boisi 31-avgust, dushanba kuni qo’shimcha dam olish kuni etib belgilangan.

📄 Asos: 2025-yil 24-dekabrdagi PF-257-sonli Prezident farmoni.

Unga ko’ra, dam olish kunlari quyidagicha:

✅❌ 29-avgust, shanba — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish;
✅✅ 30-avgust, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni;
✅✅ 31-avgust, dushanba — barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni;
✅✅ 1-sentyabr, seshanba — Mustaqillik bayrami.


@rasmiyxabar24
477
avatar
RASMIY XABARLAR
@rasmiyxabar24
сегодня, 07:56
#ТЕЗКОР #ДАХШАТ
‼️🔪🔞Самарқандда бугун тонгда мехмон қиз пичоқланиб кетилди.

Маълумотларга кўра, Самарқанд шаҳрига меҳмон бўлиб келган қиз Соғдиёна ҳудудида 3 нафар эркакнинг ҳужумига учраган.

Айтилишича, қиз «JAVANI» клубида танишган шахслар томонидан кўчада пичоқланган. Ҳужум вақтида унга пичоқ ва ғишт билан зарба берилган, пуллари ҳамда телефони тортиб олинган. Ҳужум оқибатида қиз оғиз, қўл ва томоқ қисмларидан жароҳатлангани айтилмоқда.


🚔Маълумотларга кўра, гумонланувчилардан бир нафари воқеа жойининг ўзида ички ишлар ходими томонидан қўлга олинган.

@rasmiyxabar24
👍 1
516
avatar
RASMIY XABARLAR
@rasmiyxabar24
сегодня, 07:40
🇮🇷🇺🇸 ИИҚК глобал инфратузилмага зарба бериш билан таҳдид қилди

"Агар Эронга қарши таҳдидлар қайта пайдо бўлса, юз минглаб километрлик электр узатиш линиялари, минглаб электр станциялари, барча АҚШ ва АҚШдан ташқари тизимлар ва ҳатто глобал интернет инфратузилмаси хавф остида қолади", деди ИИҚК вакили.

@rasmiyxabar24
498
avatar
RASMIY XABARLAR
@rasmiyxabar24
сегодня, 06:37
#ТЕЗКОР
⚡️Татаристондаги дронлар ҳужуми оқибатида ҳалок бўлган 8 нафар фуқаронинг жасадлари Ўзбекистонга олиб келинди.

@rasmiyxabar24
504
avatar
RASMIY XABARLAR
@rasmiyxabar24
вчера, 09:28
#диққат

🚅 ❗️"Жалолиддин Мангуберди" электропоезди техник сабабларга кўра бугундан 6 кун давомида Хивага эмас, Урганчгача қатнайди

Жадвал эса қуйидагича бўлади:
🚆 №752 "Тошкент — Хива" поезди Тошкентдан Урганчгача,
🚆№751 "Хива — Тошкент" поезди эса Урганчдан ҳаракатланади.

Шу кунларда йўловчилар учун Хива — Урганч йўналишида автобуслар қатнови йўлга қўйилади.

Автобус Хива бекатидан 07:10 да жўнайди. Йўловчилардан эса соат 07:00 гача бекатга етиб келиш сўралмоқда.
@rasmiyxabar24
578
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
RASMIY XABARLAR
@rasmiyxabar24
10.08.2026 17:26
❗️Ҳалок бўлганларни Ўзбекистонга махсус рейс орқали олиб келиш ва жабрланганларга ёрдам кўрсатиш учун Ҳукумат комиссияси ташкил этилди.

Президент топшириғи асосида назоратга олинган.

@rasmiyxabar24
551
avatar
RASMIY XABARLAR
@rasmiyxabar24
10.08.2026 13:19
#Диққат
❗️📸Радардан келган жаримани қандай бекор қилдирса бўлади?

Яқинларга ҳам улашинг!

⚡️ @rasmiyxabar24
1 574
avatar
RASMIY XABARLAR
@rasmiyxabar24
10.08.2026 12:06
⚡️Берлин архивларидан Ўзбекистон тарихига оид ноёб ҳужжатлар топилди.

Улар орасида 1865 йилги Туркистондаги сиёсий жараёнлар ҳақида дипломатик ёзишмалар, 1928–1929 йилларда Тошкент ва Бухоро ҳақида тайёрланган ҳисоботлар ҳамда 1922 йилда Германияга ўқишга юборилган тошкентлик Вали Қаюмхонга оид хатлар бор.

Ҳужжатлар Пруссия маданий мероси махфий давлат архивида сақланмоқда.


👉 @rasmiyxabar24
541
avatar
RASMIY XABARLAR
@rasmiyxabar24
10.08.2026 11:50
Rossiyada dronlar hujumi oqibatida 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasining ma’lum qilishicha, 10-avgust kuni Tatariston Respublikasining Nijnekamsk shahridagi qator obyektlarga dronlar orqali hujum qilingan.

Hodisa oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan, 39 kishi jarohatlangan. Halok bo‘lganlar orasida 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi ham bor.

Bosh konsulxona holatni nazoratga olgan. Halok bo‘lgan fuqarolarning jasadlarini sud-tibbiy ekspertiza va zarur rasmiy jarayonlar yakunlangach, O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.


👉 @rasmiyxabar24
😱 1
547
avatar
RASMIY XABARLAR
@rasmiyxabar24
10.08.2026 08:02
Ҳафта давомида ҳаво +42 даражагача исийди

Ҳафта давомида Ўзбекистон ҳудуди бўйича иссиқ об-ҳаво бўлиши кутилмоқда. Ҳарорат кундуз кунлари +37…+42, кечалари +21…+26 даража атрофида бўлади. Айрим ҳудудларда шамол кучайиши мумкин.

@rasmiyxabar24
569
avatar
RASMIY XABARLAR
@rasmiyxabar24
10.08.2026 05:13
❗️Banklardan endi 500 dollargacha naqd valyutani hujjatsiz olish mumkin

9-avgustdan kuchga kirgan yangi tartibga ko‘ra, banklardan 500 dollargacha naqd chet el valyutasini sotib olishda pasport, ID-karta yoki ular o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat talab etilmaydi.
 

Bungacha banklardan chet el valyutasini hujjatsiz sotib olish mumkin bo‘lgan miqdor 100 dollarni tashkil qilardi.


@rasmiyxabar24
562
avatar
RASMIY XABARLAR
@rasmiyxabar24
10.08.2026 03:39


Jinoyatga jazo muqarrar

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida yashovchi, 2003 y.t. shaxs 2023 yilda mavsumiy ishlash maqsadida Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston Respublikasi Mahachqala shahriga boradi.

U yerda laqabi “Muhammad” bo‘lgan mahalladosh tengdoshi bilan yaqin aloqaga kirishib, ijtimoiy tarmoqlar orqali aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan video materiallarni ko‘rishi natijasida ongi zaharlanadi.

Keyinchalik ikkovlon o‘z saflariga 2005 y.t. yana bir mahalladoshini jalb qilib, Suriyaga borishni rejalashtirishadi.

Safar xarajatlari uchun ulardan biri hatto Rossiyada mehnat migranti sifatida ishlayotgan oila a’zolari jamg‘argan mablag‘ning bir qismini ruxsatsiz olib chiqadi. So‘ngra “Mahachqala – Moskva” yo‘nalishidagi avtobusda yo‘lga ravona bo‘lishadi.

Ular “Moskva – Istanbul” aviayo‘nalishida Turkiyaga, so‘ngra Suriyaga bormoqchi bo‘lishadi. Lekin, Moskvada yuzaga kelgan o‘zaro kelishmovchilik sababli, ularning ikki nafari ortga qaytadi.

“Muhammad” esa Qozon shahrida qotillik sodir etib, RF qonunchiligiga asosan jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Bu orada guruhning 2005 y.t. a’zosi O‘zbekistonga deportatsiya qilinadi va JKning 244-1 va 244-2-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun sud hukmi bilan 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiladi.

Shundan so‘ng ham guruh faoliyati to‘xtamaydi. Aksincha, Mahachqala shahrida ishlayotgan, 1999 va 2001 yillarda tug‘ilgan ikki nafar sariosiyolik ushbu yashirin guruhga qo‘shilib, terroristik tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ib qilish bilan shug‘ullanishadi hamda kelgusida jangarilar safida qo‘poruvchilik harakatlarini sodir etishni rejalashtirishadi.

2025 yilninng sentyabr oyida guruh faolligi kuchayib, ular Mahachqala shahrida huquq-tartibot organlari xodimlariga qarshi jinoiy harakatlar amalga oshirmoqchi ham bo‘lishadi.

Bundan tashqari, Sariosiyo tumanida istiqomat qilayotgan, 2004 y.t. fuqaroni ham ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z saflariga jalb qilishadi.

Hech bir jinoyat kuni kelib, fosh bo‘lmay qolmaydi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Rossiya Federatsiyasi huquq-tartibot idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor qidiruv-tadbirlari natijasida noqonuniy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Tergov jarayonida esa jinoyatlari o‘z isbotini topdi.
JIB Sariosiyo tuman sudi hukmiga ko‘ra, 4 nafar shaxsning barchasi JKning 155-2, 2441 va 244-2-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Kanalga ulanish:
@rasmiyxabar24
569

RASMIY XABARLAR

97.4K
🔺 Ўзбекистон ва жаҳон янгиликлари — тезкор ва ишончли ахборотлар.

🔺 Сиёсат | Иқтисодиёт | Технология | Жамият

🔺 Фото ва видео лавҳалар

✅ Фақат тасдиқланган расмий хабарлар

Биз билан воқеалардан биринчи бўлиб хабардор бўлинг!
Открыть в Telegram