avatar
RASMIY XABARLAR
@rasmiyxabar24
10.08.2026 03:39


Jinoyatga jazo muqarrar

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida yashovchi, 2003 y.t. shaxs 2023 yilda mavsumiy ishlash maqsadida Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston Respublikasi Mahachqala shahriga boradi.

U yerda laqabi “Muhammad” bo‘lgan mahalladosh tengdoshi bilan yaqin aloqaga kirishib, ijtimoiy tarmoqlar orqali aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan video materiallarni ko‘rishi natijasida ongi zaharlanadi.

Keyinchalik ikkovlon o‘z saflariga 2005 y.t. yana bir mahalladoshini jalb qilib, Suriyaga borishni rejalashtirishadi.

Safar xarajatlari uchun ulardan biri hatto Rossiyada mehnat migranti sifatida ishlayotgan oila a’zolari jamg‘argan mablag‘ning bir qismini ruxsatsiz olib chiqadi. So‘ngra “Mahachqala – Moskva” yo‘nalishidagi avtobusda yo‘lga ravona bo‘lishadi.

Ular “Moskva – Istanbul” aviayo‘nalishida Turkiyaga, so‘ngra Suriyaga bormoqchi bo‘lishadi. Lekin, Moskvada yuzaga kelgan o‘zaro kelishmovchilik sababli, ularning ikki nafari ortga qaytadi.

“Muhammad” esa Qozon shahrida qotillik sodir etib, RF qonunchiligiga asosan jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Bu orada guruhning 2005 y.t. a’zosi O‘zbekistonga deportatsiya qilinadi va JKning 244-1 va 244-2-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun sud hukmi bilan 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiladi.

Shundan so‘ng ham guruh faoliyati to‘xtamaydi. Aksincha, Mahachqala shahrida ishlayotgan, 1999 va 2001 yillarda tug‘ilgan ikki nafar sariosiyolik ushbu yashirin guruhga qo‘shilib, terroristik tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ib qilish bilan shug‘ullanishadi hamda kelgusida jangarilar safida qo‘poruvchilik harakatlarini sodir etishni rejalashtirishadi.

2025 yilninng sentyabr oyida guruh faolligi kuchayib, ular Mahachqala shahrida huquq-tartibot organlari xodimlariga qarshi jinoiy harakatlar amalga oshirmoqchi ham bo‘lishadi.

Bundan tashqari, Sariosiyo tumanida istiqomat qilayotgan, 2004 y.t. fuqaroni ham ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z saflariga jalb qilishadi.

Hech bir jinoyat kuni kelib, fosh bo‘lmay qolmaydi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Rossiya Federatsiyasi huquq-tartibot idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor qidiruv-tadbirlari natijasida noqonuniy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Tergov jarayonida esa jinoyatlari o‘z isbotini topdi.
JIB Sariosiyo tuman sudi hukmiga ko‘ra, 4 nafar shaxsning barchasi JKning 155-2, 2441 va 244-2-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Kanalga ulanish:
@rasmiyxabar24
569

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

RASMIY XABARLAR

97.4K
🔺 Ўзбекистон ва жаҳон янгиликлари — тезкор ва ишончли ахборотлар.

🔺 Сиёсат | Иқтисодиёт | Технология | Жамият

🔺 Фото ва видео лавҳалар

✅ Фақат тасдиқланган расмий хабарлар

Биз билан воқеалардан биринчи бўлиб хабардор бўлинг!
Открыть в Telegram