Buvimning saboqlari
Buvijonimni koʻp eslayman, ular juda ilmli, dono ayol edilar. Bizlarning hayotimizda katta maktab vazifasini o‘tadilar.
Bolaligimizdan chiroyli muomala qilishni, kattalar oldida odob saqlashni, chaqirganda "Labbay" deyishni, ish buyurilganda "Xo‘p bo‘ladi" deb javob berishni, ayniqsa, buvam yo dadam kelganlarida hurmatlarini saqlab o‘rnimizdan turishni, darrov peshvoz chiqishni, taomlanayotganimizda o'ng qo'lda yeyishni ko‘p bora takrorlar edilar.
Ilk o'qishni, kichik suralarni ham buvim o‘rgatganlar. Hech yodimdan chiqmaydi, chaqirganlarida "Labbay" desam: "Buving o'rgilsin, U, senga ne’matlarini yedirsin", deya duo qilar edilar. Buvijonimning nasihatlari, o‘gitlari bilan katta bo‘ldik, el orasida hurmat topdik.
Buvijon! Biz sizdan bir umrga minnatdormiz, hamisha yodimizdasiz.
📚
“Farzand tarbiyasida 700 saboq” 2-qism
• Avvalgi hikoya:
Halollik, rostgo'ylik, omonatdorlik...
@RahimovKids
Обсуждение 3
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram