Halollik, rostgo‘ylik, omonatdorlik....
Otam rostgo‘ylik, omonatdorlik, halollik haqida ko‘p gapirar edilar. Shundan bo‘lsa kerak, bu xislatlar bizning qon-qonimizga singib ketdi.
Men yoshligimdan boshlab omonat gap bo‘ladimi, omonat narsa bo‘ladimi — zoye qilishdan qo‘rqardim. Biror buyum topib olsam ham egasini aniqlashga harakat qilar, do‘konga chiqib biror narsa xarid qilsam, qaytimni otamga qaytarar edim. Otamning so‘zlari doimo qulog‘imda jaranglab turardi. Mening harakatlarimni kuzatib yurgan otam juda xursand bo‘lar, maqtalib ham qo‘yardilar.
Mana, yillar o‘tib, katta bir oilaning, katta bir korxonaning rahbari bo‘ldim. Hali ham halollik, rostgo‘ylik, omonatdorlikka rioya qilgan holda hayot kechirib kelyapman. Otamning mana shu oliyjanob o‘gitlari sabab har yerda hurmat, obro‘-e’tibor topdim.
📚
“Farzand tarbiyasida 700 saboq” 2-qism
• Avvalgi hikoya:
Ham o'zimga, ham ularga zulm
@RahimovKids
Обсуждение 2
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram