Ham o‘zimga, ham ularga zulm...
Menga to‘rt nafar qiz ato etildi. Men qizlarimning shifokor, o‘qituvchi, o‘z yurtiga xizmat qiladigan yetuk insonlar bo‘lishlarini orzu qilardim. Shu orzumga yetishish maqsadida ularga barcha imkoniyatlarni yaratib berdim, ya’ni dars qilishlari uchun uy yumushlaridan ozod qildim, oshxona ishlaridan ham batamom chekladim.
Vaqt o‘tib qarasam, qizlarim ovqatlanishni xohlasalar ham, suv ichgisi kelsa ham, xonasini tartiblash uchun ham menga murojaat qiladigan bo‘lishdi, go‘yo men ularning xizmatkoriga aylanib qoldim.
Lekin bir kuni ko‘rgan tushim hammasidan oshib tushdi. Tushimda yoshim kattarib, jismim zaiflashib qolgan, qizlarim esa menga hech e’tibor qaratishmas, bir chekkada mahzun bo‘lib o‘tiribman. Angladimki, to‘rtta qiz emas, to‘rtta muammoni tarbiyalayotgan ekanman.
Dam olish kuni edi. Biroz tobim yo‘qqa o‘xshadi. Qon bosimim ko‘tarildi, shekilli, boshim aylanganidan karavotimga yotib oldim va katta qizimga bir piyola suv olib kelishini aytdim. U bo‘lsa imtihonlari yaqinligi, hech kim uni bezovta qilmasligini aytib, xona eshigini orqasidan qulflab oldi. Qolgan qizlarim ham turli bahonalar qilishdi.
Men farzandlarimga tarbiya berishda juda yanglishgan ekanman. Qizlarimning ta’limi deb tarbiyasiga e’tibor bermay, ham o‘zimga, ham ularga zulm qilganimni angladim…
📚
“Farzand tarbiyasida 700 saboq” 2-qism
• Avvalgi hikoya:
Dadajon, sizni juda yaxshi ko'ramiz
@RahimovKids
Обсуждение 1
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram