R
Rahimov Kids
@rahimovkids
31.10.2025 18:04
“Dadajon, biz sizni juda yaxshi ko‘ramiz”

Mening to‘rt nafar farzandim bor: ikki qiz, ikki o‘g‘il. Ularni juda yaxshi ko‘raman. Lekin ishlarim ko‘pligidan farzandlarim bilan deyarli vaqt ajrata olmayman. Ular bilan birga sayr qilish, suhbatlashishim, biror joyga borib dam olishim kerakligini his etaman.

Kunlarimning birida ayolim bilan maslahatlashib, dam olish kunimni farzandlarimga bag‘ishlashga qaror qildim. Ish tartibimga shuni kiritdim: ular bilan muloqot qilish, suhbatlashish, vaqt o‘tkazish. Shu kundan keyin farzandlarim bilan ko‘proq vaqt o‘tkaza boshladim. Shu paytda qizlarimdan biri juda ehtirom bilan dedi:
— Dadajon, biz sizni juda yaxshi ko‘ramiz.

Bu so‘zlarni eshitib, ko‘zim yoshlandi. “Dunyoda eng mehribon odam — farzandlarim”, deb o‘yladim. Eng asosiysi, ular bilan yaqinlik munosabatida bo‘lish, ularning har birini tinglash, hollariga qarab mehr ko‘rsatish kerakligini angladim.

📚 “Farzand tarbiyasida 700 saboq” 2-qism

• Avvalgi hikoya: Isrofga yo'l qo'ymang

@RahimovKids
15
❤‍🔥 5
🔥 5
👍 3
18 2.2K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
R

Rahimov Kids

1.7K
📞 78-113-7-113

🧩 Foydali odatlar shakllantiramiz
👧🏻 Bog’cha yoshidanoq kitob o’qishni o’rgatamiz
🌍 Ta'lim tili: o'zbek
✨ 2-7 yoshgacha

📍 Manzilimiz:
Shayxontohur tumani, Farobiy ko'chasi 32
Mo'ljal: ToshMI shifoxonasiga kirish

@RahimovKids_admin
Открыть в Telegram