avatar
Qo‘shrabot.uz | Rasmiy kanal
@qushrabottumanhokimligi
сегодня, 13:38
⚡️Qoʻshrabot tumanida “Dolzarb 60 kun” tadbirlari doirasida profilaktik ishlar izchil davom ettirilmoqda

Qoʻshrabot tumani FVB xodimlari tomonidan “Dolzarb 60 kun” tadbirlari doirasida “Mahallabay va xonadonbay” tamoyili asosida profilaktik tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

Tadbirlarda mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazilib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, gaz va elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish, shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amaliy tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, xonadonlar va ijtimoiy soha obyektlarida mavjud xavf omillari o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilmoqda.

Bunday profilaktik tadbirlar aholining xavfsizlik madaniyatini oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda fuqarolar hayoti va mol-mulkini muhofaza qilishga xizmat qiladi.

🌐Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati
👍 2
1
6 990

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Qo‘shrabot.uz | Rasmiy kanal

7.2K
Qo'shrabot tuman hokimligining yagona rasmiy kanali
Открыть в Telegram