⚡️
Qoʻshrabot tumanida “Dolzarb 60 kun” tadbirlari doirasida profilaktik ishlar izchil davom ettirilmoqda
Qoʻshrabot tumani FVB xodimlari tomonidan “Dolzarb 60 kun” tadbirlari doirasida “Mahallabay va xonadonbay” tamoyili asosida profilaktik tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
Tadbirlarda mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazilib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, gaz va elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish, shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amaliy tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, xonadonlar va ijtimoiy soha obyektlarida mavjud xavf omillari o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilmoqda.
Bunday profilaktik tadbirlar aholining xavfsizlik madaniyatini oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda fuqarolar hayoti va mol-mulkini muhofaza qilishga xizmat qiladi.
🌐Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati