avatar
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
@qonunchilikpalatasi
вчера, 07:05


🔰Ushbu hujjat aholini yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini yanada soddalashtirish orqali fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini yanada kengroq ta’minlashga qaratilgan.

🔰Qonun loyihasida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini yanada to‘liq ta’minlashga qaratilgan uchta muhim yangilik nazarda tutilmoqda. Xususan, oila a’zolari va yaqin qarindoshlari turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishda uy-joy maydonining ijtimoiy normasini qo‘llash bilan bog‘liq cheklovlar bekor qilinmoqda.

🔰Ya’ni, er-xotin, ota-ona va farzandlar, buva-buvi va nevaralar, shuningdek, aka-uka va opa-singillar bir-birining uy-joyiga ro‘yxatdan o‘tayotganda xonadon maydoni belgilangan me’yordan kam bo‘lsa ham, bu holat ro‘yxatdan o‘tishga to‘sqinlik qilmasligi nazarda tutilyapti. Bu esa oila a’zolari va yaqin qarindoshlarni bir manzilda ro‘yxatdan o‘tkazishni yengillashtirishga xizmat qiladi.

🔰Loyihada talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan talabalarga nisbatan alohida huquqiy mexanizm joriy etilib, ularni ro‘yxatdan o‘tkazishda uy-joy maydonining ijtimoiy normasi qo‘llanilmasligi ham belgilanmoqda. Bu esa oliy ta’lim muassasalarida talabalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq mavjud amaliy muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

—————————————————-

🔰Документ направлен на дальнейшее обеспечение конституционных прав граждан путем упрощения процессов регистрации населения по месту жительства и месту пребывания.

🔰Законопроектом предусматривается три важных нововведения, направленных на более полное обеспечение конституционных прав граждан. В частности, предлагается отменить ограничения, связанные с применением социальной нормы площади жилья при регистрации по месту пребывания членов семьи и близких родственников.

🔰То есть предусматривается, что при регистрации супругов, родителей и детей, бабушек, дедушек и внуков, а также братьев и сестер в жилом помещении друг друга недостаточная площадь квартиры относительно установленной нормы не будет препятствовать регистрации. Это позволит упростить регистрацию членов семьи и близких родственников по одному адресу.

Проектом также предлагается установить отдельный правовой механизм для студентов, проживающих в студенческих общежитиях. При их регистрации социальная норма площади жилья применяться не будет. Это позволит устранить существующие проблемы, связанные с регистрацией студентов в высших образовательных учреждениях.

Veb-sayt |
Telegram |
Facebook*|
YouTube |
Instagram*| 
X |
ParlamentTV_RADIO | Yoshlar parlamenti
15 891
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

16.4K
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan tanishishingiz (https://taplink.cc/oliymajlis) mumkin.
Открыть в Telegram