#parlament_konferensiyasi
Muqaddas AHMEDOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati:
“Temur tuzuklari” — Amir Temurning o‘z mamlakatini boshqarish va davlat ishlarini tartibga solishdagi prinsiplari, huquqiy normalari va amaliy ko‘rsatmalari bo‘lib, bu asarda davlatning ma’muriy, harbiy va huquqiy tizimlari mukammal to‘liq namoyon etilgan.
U oddiy qoidalar emas, balki davlat va jamiyat hayotini tartibga soluvchi mukammal huquqiy tizimdir. Bu tuzuklarda eng muhim tamoyil — adolat va inson manfaati hisoblanadi. Masalan: yangi yerni obod qilgan shaxsdan birinchi yil soliq olinmasligi, soliqlar yer unumdorligiga qarab belgilanishi, davlat avval sharoit yaratib, keyin talab qo‘yishi kabi adolatli tizim amal qilgan. Bu normalar zamonaviy ijtimoiy davlat g‘oyalariga hamohang ekanini ko‘rish qiyin emas.
Shu bois, Amir Temurning tuzuklari, nafaqat tarixchilar, balki muammolarni hal qilishda davlat boshqaruvi bilan shug‘ullanuvchi har qanday mutaxassis uchun muhim manbadir."
Veb-sayt |
Telegram |
Facebook*| YouTube |
Instagram*| X |
ParlamentTV_RADIO |
Yoshlar parlamenti
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram