avatar
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
@qonunchilikpalatasi
16.04.2026 14:40
#parlament_konferensiyasi

Shuxrat YAKUBOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati:

 "Amir Temur davlatchiligining muvaffaqiyatini tushunish uchun uning faqat harbiy yurishlari yoki siyosiy g‘alabalariga emas, balki davlat boshqaruvi madaniyatiga, xususan, qaror qabul qilish mexanizmiga e’tibor qaratish lozim. Chunki har qanday kuchli davlat, avvalo, to‘g‘ri va adolatli qaror qabul qilish tizimiga tayanadi.

Sohibqiron tomonidan shakllantirilgan bunday tizimning asosini qurultoy, kengash va mashvarat instituti tashkil etgan bo‘lib, ular o‘zaro uyg‘un holda ishlagan mukammal siyosiy mexanizmni ifodalaydi. “Temur tuzuklarida” yozilganidek, Amir Temur davlatni boshqarishda kengash va maslahatga katta e’tibor bergan. “Davlat ishlarining to‘qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur.” Bu shuni anglatadiki, buyuk ajdodimiz merosida xalq bilan muloqot ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan".


Veb-sayt |
Telegram | Facebook*|
YouTube | Instagram*| 
X | ParlamentTV_RADIO | Yoshlar parlamenti
2 1.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

15.9K
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan tanishishingiz (https://taplink.cc/oliymajlis) mumkin.
Открыть в Telegram