#parlament_konferensiyasi
Feruza MUXITDINOVA, Toshkent davlat yuridik universiteti professori:
"Amir Temur tomonidan barpo etilgan davlat boshqaruvi tizimida qonun ustuvorligi, ijtimoiy adolat, javobgarlik muqarrarligi va xalq manfaatlarini himoya qilish kabi tamoyillar ustuvor ahamiyat kasb etgan. Bu g‘oyalar bugungi Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ham o‘z ifodasini topmoqda.
Yana bir muhim masala. Amir Temur davlatida inson qadri yuksak e’tirof etilgan, jamiyatning turli qatlamlari huquq va manfaatlari himoya qilingan. Har bir toifaning huquq va majburiyatlari aniq belgilab qo‘yilgan, ular davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Bu esa davlat boshqaruvida ijtimoiy adolat va muvozanat ta’minlanganligidan dalolat beradi.
Shu bois, Sohibqiron merosini chuqur o‘rganish va uni yoshlar ongiga singdirish huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishda muhim omil hisoblanadi".
Veb-sayt |
Telegram |
Facebook*| YouTube |
Instagram*| X |
ParlamentTV_RADIO |
Yoshlar parlamenti
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram