#parlament_konferensiyasi
Nodir JUMAYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi:
"Mamlakatimizda Prezidentimizning Amir Temur tavalludining 690-yilligini keng nishonlash to'g'risidagi qarori asosida turli konferensiyalar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Bugungi konferensiya ham ana shu yo‘ldagi yana bir amaliy qadam bo‘ldi. Bu temuriylar boy merosini o‘rganish, ilmiy natijalarini keng targ‘ib qilish borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bugun Yangi O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lini belgilayotgan bir paytda biz tarixga orqaga qarash uchun emas, oldinga yurish uchun murojaat qilamiz. Chunki tarix faqat o‘tganlar haqidagi xotira emas, balki bugungi qarorlar uchun o‘lchovdir. Amir Temur davri shu ma’noda biz uchun aniq mezonlarni beradi. Bu mezonlar oddiy ko‘rinadi, ammo ularning har biri davlat taqdirini hal qiladi. Davlat ilmga tayanadi, aks holda, qarorlar ko‘r-ko‘rona qabul qilinadi. Jamiyat ta’lim bilan yuksaladi, yo‘qsa, taraqqiyot tasodifga aylanadi. Hokimiyat adolat bilan mustahkamlanadi, kuch esa ishonchni almashtira olmaydi. Bu uchlik tanlov emas, zarurat".
Veb-sayt |
Telegram |
Facebook*| YouTube |
Instagram*| X |
ParlamentTV_RADIO |
Yoshlar parlamenti
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram