Qonun loyihasiga ko‘ra, fuqarolarga
nogironlik belgilanganda, ulardan
murojaatni talab etmagan holda (proaktiv shaklda) pensiya tayinlash belgilanmoqda. Ya’ni, pensiya tayinlash jarayoni raqamli tizim orqali amalga oshiriladi. Bu esa odamlarga juda qulay bo‘lib, ularning vaqtini tejaydi. Ovoragarchilikning oldini oladi, jarayonlarni tezlashtiradi.
Shuningdek,
I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lgan
pensionerning pensiyasini har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblash ham fuqaroning murojaatini talab etmasdan (proaktiv shaklda) amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda. Bu yengillik pensionerga, ayniqsa, jismoniy imkoniyati cheklanganlarga masofadan turib xizmat ko‘rsatish qulayligini yaratadi.
Loyiha bilan har oylik chegirmalar miqdori pensiyaning 50 foizidan oshishi va chegirma qilingandan so‘ng to‘lanadigan
pensiya miqdori rasman belgilangan eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emasligi belgilanmoqda.
Veb-sayt |
Telegram |
Facebook*| YouTube |
Instagram*| X |
ParlamentTV_RADIO |
Yoshlar parlamenti
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram