avatar
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
@qonunchilikpalatasi
14.04.2026 11:50


Ushbu hujjat bilan Iqtisodiy protsessual hamda Soliq kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Jumladan, soliq to‘lovchi bo‘lgan tadbirkorlik subyekti o‘zining soliqqa oid huquqbuzarligini tan olganda va e’tiroz bildirmaganda, tadbirkorning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish soliq organlari tomonidan amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Huquqbuzarlik bartaraf etilganda hisobvaraq faoliyatiga qo‘yilgan cheklovni bekor qilish ham soliq organi tomonidan amalga oshirilishi taklif etilmoqda. Maqsad qoidabuzilish tan olinsa, ish sudgacha bormaydi Bunday yangi tartiblar qoidabuzilishlarni tez fursatda bartaraf qilish va tadbirkor faoliyatini qisqa vaqtda qayta davom ettirish imkonini beradi.

Shu bilan birga, soliq to‘lovchi soliq organining qarori yuzasidan e’tiroz bildirsa, uning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish soliq organining arizasiga asosan iqtisodiy sud tomonidan amalga oshiriladi.

Qizg‘in muhokamalardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Veb-sayt |
Telegram | Facebook*|
YouTube | Instagram*| 
X | ParlamentTV_RADIO | Yoshlar parlamenti
11 1.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

15.9K
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan tanishishingiz (https://taplink.cc/oliymajlis) mumkin.
Открыть в Telegram