avatar
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
@qonunchilikpalatasi
14.04.2026 11:42


Amaldagi qonunchilikda jinoiy uyushma tashkil etish yoki unga rahbarlik qilish uchun javobgarlik mavjud bo‘lsa-da, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilgan holda jinoiy uyushmalarga homiylik qilish uchun javobgarlik nazarda tutilmagan edi. Qonun loyihasi bilan, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilgan holda jinoiy uyushmalarga homiylik qilganlik uchun ham javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.

Amalda uyushgan guruhlar tomonidan sodir etilgan bezorilik uchun ko‘p hollarda yengil jazo tayinlanmoqda. Bu esa jazosizlik muhiti shakllanishiga olib kelayotgani ta’kidlandi. Shu sababli, qonun loyihasida bezorilik jinoyati uchun jazo choralari ham og‘irlashtirilmoqda.

Xususan, qonun loyihasi bilan bezorilikning turli shakllari, jumladan, bir guruh shaxslar tomonidan, takroran, qurol ishlatib yoki jamoat tartibini saqlayotgan shaxslarga qarshilik ko‘rsatgan holda sodir etilgan qilmishlar uchun jazolar og‘irlashtirilmoqda. Shuningdek, uyushgan guruh tomonidan yoki badanga og‘ir shikast yetkazgan holda sodir etilgan bezorilik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda.

Loyihada jangovar sport turlari sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Jangovar sport turlari bo‘yicha musobaqalarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki o‘tkazish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi, unda ishtirok etganlar esa ma’muriy javobgarlikka tortilishi belgilanmoqda.

Veb-sayt |
Telegram | Facebook*|
YouTube | Instagram*| 
X | ParlamentTV_RADIO | Yoshlar parlamenti
14 1.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

15.9K
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan tanishishingiz (https://taplink.cc/oliymajlis) mumkin.
Открыть в Telegram