Majlisda uyushgan va jamoat joylaridagi jinoyatchilikka qarshi kurashish mexanizmlarini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.
Hujjat so‘nggi yillarda mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mantiqiy davomi hisoblanadi. Xususan,
jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va mahallalarda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, tahlillar jinoyat sodir etish maqsadida jinoiy uyushmalar tashkil etilishi, ularning moliyaviy ta’minlanishi jamoat xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotganini ko‘rsatmoqda. Amaldagi qonunchilikda jinoiy uyushmalarni moliyalashtirganlik uchun alohida javobgarlik mavjud emasligi dolzarb muammo sifatida qayd etildi.
Shu munosabat bilan, Jinoyat kodeksiga jinoiy uyushma faoliyatini moliyalashtirganlik uchun alohida javobgarlik kiritish,
bunday shaxslarga nisbatan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni qo‘llamaslik nazarda tutilmoqda.
Veb-sayt |
Telegram |
Facebook*| YouTube |
Instagram*| X |
ParlamentTV_RADIO |
Yoshlar parlamenti
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram