Sudyalar hamjamiyati organlarining huquqiy asoslari belgilanishi orqali sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga, sud hokimiyatining nufuzini mustahkamlashga, sudyalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga erishiladi. Buning pirovardida shaxsning odil sudlovga bo‘lgan huquqlari yanada mustahkamlanishiga hamda odil sudlov sifati va samaradorligini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram