Ushbu qonun loyihasi bilan
“Reklama to‘g‘risida”gi qonunga sug‘urta savodxonligini oshirishga qaratilgan axborotni ijtimoiy axborot etib belgilash nazarda tutilmoqda. Vakolatli davlat organlari ijtimoiy axborotning reklama beruvchilari sifatida belgilanmoqda.
Qonun loyihasi quyi palataning shu yil 31-mart kuni bo‘lib o‘tgan majlisida birinchi o‘qishda qabul qilinib, uning ikkinchi o‘qishga tayyorlangan
tahriri yuzasidan ayrim etirozlar bildirilgan edi.
O‘tgan davrda qo‘mita tomonidan yuridik texnika talablaridan kelib chiqib, qonunga taklif etilgan ayrim o‘zgartirishlar loyiha moddalari mazmuniga ta’sir etishini inobatga olgan holda, tashabbuskor kiritgan tahrir maqsadga muvofiq, deb topildi.
Mazkur qonun loyihasi eng avvalo,
odamlarni sug‘urta shartlari, sug‘urtadan foydalanish usullari haqida ochiq va kengroq axborot olishini ta’minlaydi.
Muhokamalardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.
Veb-sayt |
Telegram |
Facebook*| YouTube |
Instagram*| X |
ParlamentTV_RADIO |
Yoshlar parlamenti
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram