Majlisda deputatlar korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqmoqdalar.
Ushbu hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga
korrupsiga oid jinoyatlar uchun javobgarlik va jazo choralarini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishni yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilash taklif etilyapti.
Xususan, Jinoyat kodeksining sakkizinchi bo‘limi korrupsiyaga oid jinoyatlar atamasi bilan to‘ldirilib, u bilan
19 ta turdagi jinoiy qilmishlar korrupsiyaga oid jinoyatlar hisoblanishi belgilanmoqda.
Veb-sayt |
Telegram |
Facebook*| YouTube |
Instagram*| X |
ParlamentTV_RADIO |
Yoshlar parlamenti
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram