Xususan, binolarning
toifasidan kelib chiqib, texnik talablar, jumladan, yonuvchan qurilish materiallarini ishlatishni taqiqlash va yong‘in natijasida yetkazilgan zararni qoplashdan tashqari aybdordan tovon undirish (tort law) institutini joriy etish nazarda tutilyapti.
Shuningdek, loyiha bilan obyektlarni yong‘in xavfsizligi talablariga mosligi bo‘yicha auditdan o‘tkazish tartibini yo‘lga qo‘yish belgilanmoqda. Qolaversa, mutasaddilarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mas’uliyati va shaxsiy javobgarligi oshirilib, loyiha va qurilish-pudrat tashkilotlari, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining yong‘in xavfsizligi bo‘yicha huquq va majburiyatlari aniq belgilab qo‘yilmoqda.
Bundan tashqari, loyiha bilan fuqarolarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlari doirasi ham kengaytirilyapti. Bozorlar, savdo komplekslari hamda savdo-ko‘ngilochar markazlari
mulkdorlariga yong‘in yuzaga kelishi natijasida uchinchi shaxslarning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilgani uchun fuqarolik javobgarligi, shuningdek ushbu obyektlarni yong‘indan sug‘urta qilish bo‘yicha majburiyat yuklanmoqda.
Majlisda qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash davomida mas’ul qo‘mita tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilgani qayd etildi. Jumladan, deputatlar takliflari asosida aholi manfaatlariga zid bo‘lgan ayrim normalar loyiha matnidan chiqarib tashlangani, mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat organlari vakolatlari aniqlashtirilib, yong‘indan majburiy sug‘urta qilishga oid normalar takomillashtirilgani ta’kidlandi.
Veb-sayt |
Telegram |
Facebook*| YouTube |
Instagram*| X |
ParlamentTV_RADIO |
Yoshlar parlamenti
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram