Shuningdek, Shaharsozlik kodeksiga “master reja” tushunchasini shaharsozlik hujjatlarining alohida turi sifatida kiritish ko‘zda tutilmoqda. Ushbu hujjat hududlarni kompleks rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik yondashuvlarni uyg‘unlashtirish imkonini beradi.
Belgilanayotgan yangi qoidalar e
htiyoj tobora ortib borayotgan binolar, jumladan, aholi turar joylarining sifatli qurilishini ta’minlashga qaratilgan.
Mas’ul qo‘mita tomonidan qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida deputatlarning takliflari asosida bir qator normalar qayta ko‘rib chiqilib, tadbirkorlarning manfaatlaridan kelib chiqib yanada takomillashtirilgani alohida ta’kidlandi.
Qayd etilganidek, mazkur hujjatning qabul qilinishi
shaharsozlik sohasida qonun ustuvorligini ta’minlash, noqonuniy qurilishlarning oldini olish, aholi huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda xavfsiz va sifatli uy-joy qurilishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.
Veb-sayt |
Telegram |
Facebook*| YouTube |
Instagram*| X |
ParlamentTV_RADIO |
Yoshlar parlamenti
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram