Majlisda
qurilish sohasida davlat nazorati va boshqaruvini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqilmoqda.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatda noqonuniy qurilishlarning oldini olish, aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash hamda shaharsozlik sohasida huquqbuzarliklarni qisqartirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, ayrim hollarda vakolatli organlar ruxsatisiz
turar-joy binolarini qurish holatlari saqlanib qolayotgani, shuningdek, qator obyektlarda seysmik xavfsizlik talablariga
to‘liq rioya etilmayotgani qayd etildi.
Ushbu qonun loyihasi bilan
ko‘p kvartirali uy-joylarni ruxsatsiz qurganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutilmoqda. Xususan,
“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, mazkur huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. Bunday
qoidabuzarlik takroran sodir etilgan taqdirda esa, jinoiy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.
Veb-sayt |
Telegram |
Facebook*| YouTube |
Instagram*| X |
ParlamentTV_RADIO |
Yoshlar parlamenti
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram