Mamlakatimizda
inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, ayniqsa, xotin-qizlar va bolalarni jinsiy zo‘ravonlik hamda axloqqa zid tajovuzlardan asrashga qaratilgan islohotlar izchil davom etmoqda. Shu bilan birga, amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlarni tergov qilish jarayonida
qator muammolar saqlanib qolyapti.
Xususan, ayrim hollarda
jinoyatlarni fosh etish va tergov qilishda qonun normalari noto‘g‘ri qo‘llanilishi, jabrlanuvchilarning huquqlari
to‘liq ta’minlanmasligi kabi salbiy holatlar uchramoqda.
Shu munosabat bilan, qonun loyihasida jinsiy erkinlikka, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlarni tergov qilish vakolatini prokuratura organlariga o‘tkazish taklif etilmoqda. Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasida prokuratura organlarining vakolatlarini kengaytirish, ularga bunday holatlarni tekshirish, dastlabki tergovni olib borish hamda jazoni ijro etish ustidan nazoratni kuchaytirish vazifalari yuklatilmoqda.
Bundan tashqari, mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan, ayniqsa, inson o‘limiga olib kelgan
jinoyatlarni tergov qilish amaliyotini ham takomillashtirish ko‘zda tutilmoqda.
Veb-sayt |
Telegram |
Facebook*| YouTube |
Instagram*| X |
ParlamentTV_RADIO |
Yoshlar parlamenti
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram