avatar
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
@qonunchilikpalatasi
07.04.2026 12:16


Majlisda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ekstremizmga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.


Ta’kidlanganidek, bugungi kunda ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari axborot texnologiyalari hamda Internet tarmoqlaridan faol foydalanib, ayniqsa yoshlarni zo‘ravonlik va radikal g‘oyalarga jalb etishga urinayotgani kuzatilmoqda. Shu bois amaldagi qonunchilikni zamon talablari asosida takomillashtirish, profilaktika chora-tadbirlarini kuchaytirish, mas’ul idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash dolzarb vazifa hisoblanadi.

Mazkur qonun loyihasi mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, ekstremistik g‘oyalar tarqalishining oldini olish, yoshlarni turli zararli ta’sirlardan himoya qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Veb-sayt |
Telegram | Facebook*|
YouTube | Instagram*| 
X | ParlamentTV_RADIO | Yoshlar parlamenti
8 2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

15.9K
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan tanishishingiz (https://taplink.cc/oliymajlis) mumkin.
Открыть в Telegram