#QABUL_2026
#Savol_va_javoblar
2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar
SAVOL: YURTIMIZNING QAYSI HUDUDLARIDA QANAQA IJOD MAKTABLARI FAOLIYAT KO‘RSATADI?
JAVOB: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida – Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi;
Andijon viloyati Andijon shahrida – Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi;
Jizzax viloyati Jizzax shahrida - Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi;
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida - Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi;
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida - Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi;
Sirdaryo viloyati Guliston shahrida - Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi;
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida - Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi;
Xorazm viloyati Xiva shahrida - Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi;
Toshkent shahrida - Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.
SAVOL: IJOD MAKTABLARIGA NECHA NAFAR O‘QUVCHI QABUL QILINADI?
JAVOB: Ijod maktablarining 7-sinfiga uch bosqichli imtihon asosida
har bir sinfiga 20 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.
Bizni kuzating
web Telegram YouTube Instagram* Facebook* Portal
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram