avatar
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
@qodiriy_abdulla
25.04.2026 07:17
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

Kuni kecha Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida buyuk adib Abdulla Qodiriy qalamiga mansub "O‘tkan kunlar" romanining 100 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda adabiyotshunos olim, filologiya fanlari nomzodi, professor Abdulla Ulug‘ov, Abdulla Qodiriy uy-muzeyi xodimlari, "Yangi O‘zbekiston" universiteti prorektori Hilola Nazirova, "O‘zbekligim-o‘zligim" NNT rahbari Mohira Sultonova, sulola vakili, Abdulla Qodiriyning nabirasi Manzumaxon Qodiriylar ishtirok etdilar.
Hastimom MFY yoshlar yetakchisi Yunusova Angelina Borisovna tomonidan o‘quvchilarimizga sovg‘alar tarqatildi.

emojiemojiemojiemojiemojiemoji

Asar qahramonlarini jonlantirgan o‘quvchilarimiz ijrosi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Telegram | Facebook* |
Instagram* |Twitter |
YouTube    | Web  |
7
3
👍 3
🤩 1
10 550
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Переслано от канала
25.04.2026 04:04
#QABUL_2026
#Savol_va_javoblar

2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar

SAVOL: YURTIMIZNING QAYSI HUDUDLARIDA QANAQA IJOD MAKTABLARI FAOLIYAT KO‘RSATADI?

JAVOB: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida – Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi;

Andijon viloyati Andijon shahrida – Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi;

Jizzax viloyati Jizzax shahrida - Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi;

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida - Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi;

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida - Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi;

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida - Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi;

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida - Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi;

Xorazm viloyati Xiva shahrida - Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi;

Toshkent shahrida - Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.



SAVOL: IJOD MAKTABLARIGA NECHA NAFAR O‘QUVCHI QABUL QILINADI?

JAVOB: Ijod maktablarining 7-sinfiga uch bosqichli imtihon asosida
har bir sinfiga 20 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.


Bizni kuzating

web Telegram YouTube Instagram* Facebook* Portal
🔥 2
🤩 2
1
1
5 518
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Переслано от канала
24.04.2026 23:23
#matbuot_anjumani

Muhandislik maktablari – Stem modeli, 2-kursdan grant bilan o‘qish

Yangi tashkil etiladigan muhandislik maktablari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot:

“Yangi O‘zbekiston” universiteti va Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tajribasi asosida tashkil etiladigan muhandislik maktablarida o‘quv jarayoni STEM modeli asosida tashkil etiladi.

Dastlabki 3 yilda fizika, matematika va xorijiy til fanlaridan.

Keyingi 2 yilda muhandislik fanlari bo‘yicha boshlang‘ich tayyorgarlikka e’tibor qaratiladi.

Mazkur maktablarga hududlardagi muhandis tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari biriktiriladi. Integratsiyalashgan fanlar mazkur oliygohning professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘qitib boriladi.


Muhandislik maktablarining yana bir jozibador tomoni shundaki, yetarli talablarni bajargan bitiruvchilarga muhandislik ta’lim dasturi bo‘yicha tegishli ta’lim yo‘nalishida bir yillik qo‘shimcha davlat granti asosida 2-kursdan test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz o‘qishni davom ettirish huquqi beriladi.

Muhandislik maktabi bitiruvchisiga qo‘yiladigan talablar:

SAT xalqaro imtihonida eng kamida 1 300 ball to‘plash yoki matematika, fizika va kimyo fanlaridan biri bo‘yicha eng kamida B2 darajadagi davlat namunasidagi sertifikatga ega bo‘lish;

Oliy ta’lim fanlari bo‘yicha akademik ko‘rsatkichlarni (Academic Performance) o‘rnatilgan talab bo‘yicha o‘zlashtirganlik.


Bizni kuzating

web Telegram YouTube Instagram* Facebook* Portal
🔥 1
112
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
@qodiriy_abdulla
24.04.2026 13:43
Aziz adabiyot ixlosmandlari!

Sizni “Moziyga qaytib” tadbiri doirasida o‘tkaziladigan Quiz — aql va bilim bellashuviga taklif qilamiz!

Bu safar siz:

Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi, hamda uning mashhur asari — “O‘tkan kunlar” bo‘yicha bilimlaringizni sinab ko‘rasiz.

🔥 Eng kuchli jamoalar uchun ajoyib imkoniyat!

🏆 1-o‘rin egalariga — 6 ta planshet
🎁 G‘olib va faol ishtirokchilar uchun maxsus sovg‘alar

Bu — nafaqat musobaqa, balki o‘z bilim va tafakkuringizni namoyon qilish imkoniyati!

Manzil: Abdulla Qodiriy uy-muzeyi
📅Sana: 2-may, 2026-yil
Vaqt: 14:00 – 16:00

Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting:

Jamoa bo‘lib: Ro‘yxatdan o‘tish
Yakka tartibda: Ro‘yxatdan o‘tish

Bilimingizni sinab ko‘ring, jamoangiz bilan g‘alaba sari intiling!
🔥 4
1
28 650
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
@qodiriy_abdulla
24.04.2026 13:33
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida "Ochiq eshiklar kuni"!

Siz farzandingizning kelajakda mahoratli ijodkor va yetuk mutaxassis bo'lishini xohlaysizmi?
Unda "Ijod va bilim uyg'unlashgan maskan" eshiklari siz uchun ochiq!

Sana: 2026-yil 18-apreldan boshlab haftaning har shanba kunlari 23-mayga qadar
Vaqt: 10:00 dan 15:00 gacha
Manzil: Toshkent shahri, Zarqaynar ko'chasi, 6/2-uy

Nega aynan bizning maktabni tanlashingiz kerak?
• Yuqori natijalar: 2023-2024-o'quv yili yakunlariga ko'ra bitiruvchilarimiz Toshkent shahrida 1-o'rinni, respublikada esa 5-o'rinni egallashgan.
• Ixtisoslashgan ta'lim: Ona tili va adabiyot, tarix, nutq madaniyati hamda matnshunoslik fanlari chuqur o'rgatiladi.
• Xorijiy tillar: Ingliz, koreys, nemis va rus tillarini o'rganish imkoniyati mavjud.
• Zamonaviy sharoitlar: 180 o'rinli yotoqxona va bepul ovqatlanish tizimi, so'nggi texnik vositalar bilan jihozlangan dars xonalari, boy kutubxona faoliyat ko‘rsatadi.
• Qiziqarli to'garaklar: Media, drama, "Mujda" (nasr va nazm), raqamli san'at, sport turlari, musiqa va raqs yo'nalishlari.

Kimlarni kutamiz? Hozirda umumta'lim maktablarining 6-sinfini tugatayotgan iqtidorli va ijodkor o'quvchilarni hamda ularning ota-onalarini taklif etamiz.

"Ijodkor avlod — maktabimiz faxri!"
Kelib, maktabimizdagi innovatsion muhit va ta'lim jarayoni bilan shaxsan tanishing!

Murojaat uchun: +99895-479-2080
Veb-sayt: aqodiriyijodmaktabi.uz
📱Telegram: @qodiriy_abdulla
Instagram*: @abdullaqodiriy_ijod_maktabi

Telegram | Facebook* |
Instagram* |Twitter |
YouTube | Web |
7
37 1.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

8.7K
🌐 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz;

https://taplink.cc/qodiriyijodmaktabi

🗨 Murojaat uchun: @aqodiriyijodmaktabi_bot

📍Manzilimiz: Zarqaynar 6/2
Открыть в Telegram