Uzoq masofadan boshqariladigan mini sapyor
Ixtiyor Sadullayev boshchiligidagi
Armor Dengjen Viks jamoasi “Kelajak muhandislari” tanlovida maxsus xavfli hududlarda razvedka olib borish va xavfli moddalarni zararsizlantirishga mo‘ljallangan uzoq masofadan boshqariladigan mini sapyor loyihasini taqdim etdi.
Qurilma Si Uni7 Pro pulti orqali boshqariladi. Issiqlikka bardoshli alyuminiy korpus va 35–50 darajagacha bo‘lgan balandlik hamda qiyaliklarda harakatlana oladigan zanjirli harakatlanish tizimi uni murakkab sharoitlarda ham samarali ishlashini ta’minlaydi.
Bundan tashqari, mini sapyor 4–5 soat davomida uzluksiz ishlay oladi. Ushbu loyiha xavfli hududlarda inson hayotini asrash, razvedka ishlarini olib borish va zararsizlantirish jarayonlarini xavfsiz tashkil etishga xizmat qiladi.
#KelajakMuhandislar #Ishlanmalar
Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram